Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan shahrida joylashgan IT Park binosida faoliyat yuritayotgan rezident korxonalar bilan uchrashdi.
Vazir rezidentlar faoliyati, ularning amalga oshirayotgan innovatsion loyihalari, AT xizmatlari eksporti va kelgusidagi rejalarini batafsil ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida vazir dastlab “SiteLabs” MChJ korxonasida bo‘ldi. Mazkur kompaniya xorijiy davlatlarga e’lonlar berishda outsoursing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. 2025-yil boshidan buyon korxona 300 ming AQSh dollarlik xizmatlarni eksport qilishga erishib, 74 nafar yosh mutaxassisni ish bilan ta’minladi.
Vazir korxona jamoasining eksport salohiyatini yuqori baholab, AT xizmatlarini xorijiy bozorga olib chiqishni oshirish, bunday loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.
Shu bilan birga, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Shu maqsadda kelgusida yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishda kompaniya imkoniyalarini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.
2025-09-18