2022-yil 4-mart kuni Namangan viloyati Pop tumanida IT Parkʼda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida BPO School ochildi.
Ochilish marosimida IT Park direktorining hududiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, Pop tumani hokimi Azamjon Sultanov, hamda, Moliya Vazirligi vakili Munira Ismailzujayeva va boshqalar ishtirok etdilar.
BPO Schoolʼda o‘qish uchun suhbat orqali saralangan mahalliy yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Pop tumanidagi BPO School kelajakdagi BPO-kompaniyasining xodimlarini Amerika Qoʻshma Shtatlariga logistika xizmatlarini koʻrsatishga oʻrgatish uchun moʻljallangan. Dastlab, BPO Schoolʼda oʻqish uchun 110 ta ariza qabul qilindi. Keyin 20 kishi yakuniy suhbatdan oʻtdi.
Oʻqitish 1 oy davomida boʻlib oʻtadi, uning davomida BPO School oʻquvchilari BPO-kompaniyasida ishlash uchun barcha zarur koʻnikmalarni oʻrganadilar.
Eslatib o‘tamiz, maktabning asosiy maqsadi – yoshlar bandligini ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlari eksportini oshirishdan iborat.
2022-03-09