Namanganda xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tdi

62-Xalqaro gullar festivali doirasida xorijiy va mahalliy IT-kompaniyalar, xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “NamanganTechSummit” xalqaro IT-forumi o‘tkazildi.

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazakov va raqamli texnologiyalar sohasi mutaxassislari, dunyoning yetakchi kompaniyalarida faoliyat ko‘rsatayotgan dasturchi, menejerlar hamda mahalliy yosh iste’dodlar va IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. 

Namangan texnologiya sammiti doirasida quyidagi mavzularda sessiyalar o‘tkazildi:

• texnologiya va IT sohasiga qanday kirib borish;

• IT Park rezidenti yoki frilanser sifatida ishlash;

• AKT xizmatlarini eksport qilish (dasturiy ta’minot, dizayn, BPO, logistika);

• veb-sayt, raqamli marketing, SEO/SMM;

• mobil ilovalar;

• UI va UX dizayn.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Namanganda IT bo‘yicha barcha imkoniyatlarga ega ekani, shuningdek, IT Park rezidentlari soni ortib IT-eksport yaxshilanyotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, IT sohasiga yoshlarni qiziqishini yanada oshirish, ular uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi. 

Forumda ishtirokchilariga IT sohasidagi dunyoqarashni kengaytirish, yangi texnologiyalar bilan tanishish, IT-sohasini rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.

2023-05-23