2022-yil 5-may kuni Namangan shahrida yangi BPO-markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda IT Park vakillari, AKT Vazirligi viloyat boshqarmasi xodimlari, hamda, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
IT Park tashabbusi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi ko‘magida “Jetruck Logistics” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan markaz xorijiy bozorga logistika xizmatlarini taqdim etadi.
Yangi muassasa Namangandagi IT-Markaz binosida joylashadi. Bu Namangan viloyatida ochilgan ikkinchi BPO-markazi.
Eslatib o‘tamiz, markazning asosiy maqsadi – yoshlar bandligini ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan ishlash imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlari eksportini oshirishdan iborat.
2022-05-06