4-5 noyabr kunlari Namangan viloyati “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot kutubxonasida “Hack4Region” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xakaton Namangan viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat boshqarmasi, IT-Park Namangan filiali, Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Musobaqada qatnashish uchun jami 87 nafar ishtirokchi ariza topshirgan bo‘lsa, shundan 68 nafari bellashuvda 24 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etdi.
Musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi 35 000 000 so'mni tashkil etdi. Musobaqa nizomiga ko‘ra, 6 ta jamoaga (2 ta birinchi o‘rin – 10 000 000 so‘m; 2 ta ikkinchi o‘rin – 5 000 000 so‘m; 2 ta uchinchi o‘rin – 2 500 000 so‘m) sovrinlar topshirildi.
Hakamlar hay’atining baholash natijalariga ko‘ra quyidagi 6 ta jamoa g‘olib deb topildi:
1-o'rin:
• "TECHAR" loyihasi (ta'lim) bilan “In Tech” jamoasi;
• “Masofaviy ta’lim” (ta’lim) loyihasi bilan “e-bit” jamoasi;
2-o‘rin:
• "LDL" loyihasi (ta'lim) bilan “Deamons” jamoasi;
• “MipMap” loyihasi bilan MipMap jamoasi (turizm);
3-o‘rin:
• Chortoq IT School jamoasi “Chortoqqa sayohat” (turizm) loyihasi bilan;
• “Discover Uzbekistan” (turizm) loyihasi bilan “Discovery” jamoasi.
2022-11-07