16-sentabr kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Inkubatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda AKT Vazirligi viloyat boshqarmasi boshligʻi U.Abdullayev, IT Park Navoiy filiali rahbari D.Kuchkarov, IT Park Navoiy filiali startap ekotizimini rivojlantirish mintaqaviy menejeri D.Muxtorov va boshqalar ishtirok etdilar.
Yangi Inkubatsiya markazi IT Park bilan hamkorlikda ochilgan boʻlib, respublika boʻyicha 35-markazga aylandi. Yangi markazning vazifalariga OTMʼning startap loyihalari uchun inkubatsiya dasturini o‘tkazish, startap jamoalariga maslahat berish, turli xil tadbirlar tashkil etish, talabalarga ko‘mak va yordam ko‘rsatish kiradi.
Inkubatsiya markazi talabalarga o‘z loyihalarini erkin amalga oshirish, kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalar yaratish imkonini beradi.
2022-09-19