Navoiy viloyatida yoshlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

10-dekabr kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yoshlar ortasida DOTA va FIFA22 yonalishlari boyicha kibersport musobaqasi bolib otdi.  Tadbir AKT vazirligining viloyat boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda Navoiydagi IT Park filiali hamkorligida tashkil etildi.

Turnir maqsadi yoshlar ortasida kibersportni ommalashtirish, kibersportni rivojlantirish muammolariga jamoatchilik etiborini jalb qilish, shuningdek, jamoada ishlash konikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Musobaqada jami 36 kishi ishtirok etdi: DOTAʼda – 20 kishi (ishtirokchilar 5 kishidan iborat 4 ta jamoaga boʻlingan), FIFA 22 da – 16 kishi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar boʻldi:

FIFA 22

  • 1-o‘rin – Ramziddin Shodmonov
  • 2-o‘rin – Jahongir Mustafoyev

DOTA

1-o‘rin – “Do‘stlik” jamoasi

• Suxrob Ismoilov

• Ilyos Urinboyev

• Lazizbek Pulatov

• Siroj Raupov

• Aziz Isomiddinov

2-rin – “Black clower” jamoasi

• Madamin Madaminov

• Davlatbek Madaminov

• Shahriyor Umarov

• Akbar Alijonov

• Firdavs Muxiddinov

1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar va jamoalarga televizorlar, 2-o‘rin egalariga planshetlar sovg‘a qilindi. Qolgan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

2022-12-11