28-oktabr kuni IT Parkʼga Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻyicha vakolatxonasi direktori janob Kenji Takemura boshchiligidagi NEC Corporation delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar IT Park majmuasi bilan tanishdilar, infratuzilma masshtablari va taqdim etilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, IT-kompaniyalar uchun berilgan imtiyoz va preferensiyalardan hayratda qoldilar.
IT Park direktori Farhod Ibragimov mehmonlarga O‘zbekistonda BPO va IT-biznesni yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida gapirib berdi. O‘z navbatida Kenji Takemura kompaniyani O‘zbekiston bozorida rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli va uzoq muddatli rejalarga ega ekanligini ta’kidladi, shuningdek, mamlakatimizning axborot texnologiyalari sohasida jadal o‘sish va ulkan salohiyatini qayd etdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar BPO va R&D sohasidagi keyingi hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston bozorida Yaponiya texnologiyalari va yechimlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Eslatib oʻtamiz, NEC Corporation – Yaponiyaning koʻp millatli axborot texnologiyalari va elektronika korporatsiyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Tokioning Minato shahrida joylashgan. Korporatsiyaning ixtisoslashuviga IT xizmatlari, tarmoq tizimlari, big data, bulutli texnologiyalar, axborot xavfsizligi va boshqalar kiradi. Kompaniyaning butun dunyo boʻylab 16 000 dan ortiq xodimlari bor va daromadi esa yilliga 24,7 milliard dollarni tashkil qiladi.
2022-10-28