O‘qituvchilar va “One Million Uzbek Coders” loyihasining faol ishtirokchilari uchun bo‘lib o‘tgan tanlovlarning natijasini e’lon qilamiz!

O‘qituvchilar va “One Million Uzbek Coders” loyihasining faol ishtirokchilari uchun bo‘lib o‘tgan tanlovlarning natijasi ma’lum qilinganligi haqida xabar berishdan mamnunmiz. Barcha tanlovlar joriy yilning 1-fevral kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, faol ishtirokchilar uchun tanlov - bu ishtirokchilardan quyidagilarni talab qiladigan tanlov hisoblanadi.

- tashabbuskorlikni ko‘rsatish, boshqa ishtirokchilarni rag‘batlantirish, platformadan foydalanishga yordam berish hamda telegram guruhlari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘quv materiallarini o‘zlashtirish.

- loyiha ishtirokchilari uchun foydali bo‘ladigan mualliflik maqolalarini, loyihada duch kelgan muvaffaqiyasizliklari to‘g‘risidagi hikoyalarni yoki IT va yangi texnologiyalar mavzusidagi maqolalarning tarjimalarini yuborish.

Tanlov g‘oliblari:

1. Samarqand viloyatidagi 8-sinf o‘quvchisi, Fariz Abduhakimov – sovrin miqdori $1500;

2. Andijon viloyatidagi 10-sinf o‘quvchisi, Bunyodbek Abdurazzoqov - sovrin miqdori $1500;

3. Toshkent viloyatidagi 7-sinf o‘quvchisi Ulug‘bek Istamov - sovrin miqdori $1500;

4. Surxondaryo viloyatidagi 10-sinf o‘quvchisi, Elshod Rahmonov - sovrin miqdori $500;

5. Toshkent shahridagi 10-sinf o‘quvchisi, Asadbek Ro‘ziyev - sovrin miqdori $500;

6. Qashqadaryo viloyatidagi 10-sinf o‘quvchisi, Abduaziz Ziyodov - sovrin miqdori $500

Endi loyiha doirasida o‘qituvchilarning professional yutuqlarini aniqlash va eʼtirof etish, shuningdek, o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan faol foydalanishga undash maqsadida tashkil etilgan tanlovga o‘tamiz.

Tanlov go‘liblari:

1. Aida Amirova (Namangan viloyati) - sovrin miqdori $1500;

2. Sayyora Arziyeva (Navoiy viloyati) - sovrin miqdori $1000;

3. Zulayho Vafoqulovna (Navoiy viloyati) - sovrin miqdori $1000;

4. Azamat Badalov (Sirdaryo viloyati) - sovrin miqdori $500;

5. Yulduz Sobirova (Navoiy viloyati) - sovrin miqdori $500;

6. Shahodat Sharipova (Toshkent viloyati) - sovrin miqdori $500;

7. Umida Suvonqulova (Sirdaryo viloyati) - sovrin miqdori $500;

8. Ravshanova Dilafruz (Navoiy viloyati) - sovrin miqdori $500.

Barchani g‘alabasi bilan chin dildan tabriklaymiz va yanada rivojlanib, bundan ham yaxshi natijalarga erishishini tilab qolamiz. Bu “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida tashkil etilgan so‘nggi tanlov emas. Qiziqarli narsalarni o‘tkazib yubormaslik uchun yangiliklarimizni kuzatib boring.

2021-02-26