Oʻyin yaratish boʻyicha xalqaro tanlovda ishtirok eting!

3-fevral kuni soat 10:00 da IT STEP Akademiyasida Global Game Jam tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Global Game Jam – bu 10-16 yoshdagi bolalar va o‘smirlar uchun o‘yinlar yaratish boʻyicha xalqaro tanlov. Ishtirokchilar yangi oʻyinni atigi 4 soat ichida yaratishlari kerak!

Tanlovda ishtirok etish bepul. Musobaqaga qatnashish uchun siz:

  • 30-yanvargacha havola orqali ro‘yxatdan o‘ting;
  • 3-fevral kuni soat 10:00 da IT STEP Akademiyasiga keling;
  • eng zoʻr oʻyinni yarating!
     

Tanlov g‘olibi 750 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, barcha ishtirokchilarga “IT STEP”dan brendli esdalik sovg‘alar va tadbirda ishtiroki uchun sertifikatlar topshiriladi.

Oʻyin mavzusi 30-yanvar kuni IT STEP Akademiyasining Instagram sahifasida eʼlon qilinadi. Yangiliklarni kuzatib boring!

2023-01-18