O‘yinlar yaratish bo‘yicha GameDev Goethe inkubatori ikkinchi to‘lqiniga ro‘yxatdan o‘tish o‘z yakuniga yetdi!

Mamnuniyat bilan o‘yin yaratish bo‘yicha GameDev Goethe inkubator ikkinchi to‘lqiniga ro‘yxatdan o‘tish o‘z yakuniga yetganini e’lon qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-fevral kuni o‘yin yaratish bo‘yicha “GameDev Goethe” inkubatori iikkinchi to‘lqinida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish ochilgan edi.  Ro‘yxatdan o‘tish 2021-yilning 14- mart kuniga qadar davom etdi.

GameDev Goethe o‘yin yaratish inkubatori - bu dizayn, dasturlash, ovozli dizayn va shu kabi ko‘plab ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan barcha ixlosmandlar uchun mo‘ljallangan loyiha hisoblanadi. Ushbu inkubator barcha xohlovchilar mobil o‘yinni rivojlantirishi, bilim olishi, tajriba orttirishi, netvorkingini kengaytirishi va portfolio yig‘ishi mumkin bo‘lgan joy. Shuningdek, loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.

O‘zbekistondagi o‘yin yaratish bo‘yicha birinchi inkubatorning maqsadi -  o‘yin o‘ynashga qiziqadigan yoshlarga mushtarak fikrlarni topishda va o‘z o‘yinlarini yaratishda yordam berishdan iborat. Loyiha davomida o‘yinni yaratish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar tomonidan ko‘mak ko‘rsatiladi. 

Inkubatorda ishtirok etish uchun 650 dan ortiq ariza kelib tushdi, ular ichidan eng ko‘p ariza kelib tushgan top-5 ta hudud quyudagilarni o‘z ichiga oladi:

 - Toshkent shahri: 382 ta ariza;

 - Toshkent viloyati: 43 ta ariza;

 - Farg‘ona viloyati: 23 ta ariza;

 - Samarqand viloyati: 32 ta ariza;

 - Jizzax viloyati: 23 ta ariza;

 - boshqa viloyatlar - 184 dan ortiq ariza.

Kasbga ega bo‘lmagan, ammo o‘yinlar yaratishga qiziqqanlardan jami 353 nafar ariza kelib tushdi.  Dasturchilar tomonidan 203 ta, dizayner, rassom va 3D dizaynerlardan 97 ta, musiqachi va ovozli dizaynerlardan 9 ta ariza qabul qilindi.

Ro‘yxatdan o‘tganlar - qo‘ng‘iroqni  kuting!

Barcha inkubator ishtirokchilariga kelgusi faoliyatlarida omad tilab qolamiz!

2021-03-15