IT Park Toshkentda MENA mintaqasi startap ekotizimi mutaxassisi Xolid Al Tattan ishtirokida maxsus seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “IT Park Saudi Arabia” bilan hamkorlikda tashkil etildi, bu esa O‘zbekiston va Fors ko‘rfazi davlatlari texnologik ekotizimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Seminar “Seed”, “Pre-Seed” va “Idea” bosqichlaridagi startaplarni jalb etib, ularga Fors ko‘rfazi bozorlarida sarmoya jalb qilish va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratdi. Xolid Al Tattan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, quyidagi asosiy masalalar yuzasidan tavsiyalar berdi:
“Seed” va “Pre-Seed” bosqichlariga alohida e’tibor qaratilib, Xolid mahsulotni puxta ishlab chiqish sarmoya jalb qilish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishini ta’kidladi. Ishtirokchilar mutaxassisdan shaxsiy fikr-mulohaza olish uchun o‘z taqdimotlarini oldindan yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
IT Park bilan hamkorlik
O‘zbekistonga tashrif doirasida Xolid va IT Park vakillari o‘rtasida amaliy uchrashuv o‘tkazildi. Xolid O‘zbekiston va MENA mamlakatlari 3 ta startap yo‘nalishida hamkorlik qilishlari mumkinligini ta’kidladi: FinTech, E-commerce, Web3. Ushbu yo‘nalishlar O‘zbekistonda ham, MENA mintaqasida ham eng daromadli va muvaffaqiyatli hisoblanadi.
Startap o‘yinchilar bilan uchrashuv
Xolid, shuningdek, venchur fondlari va bozorning asosiy ishtirokchilari: “Aloqa Ventures”, “United Ventures”, “Startup Garage”, “C-Space”, “U-Enter” bilan uchrashib, kelajakdagi hamkorlikni muhokama qildi. Bundan tashqari, u O‘zbekiston va MENA mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun “Jobster”, “Geomotive””Smartup”, “Verifix”, “Online Nurse”, “TextileFinds”, “kpi.com” kabi mahalliy startaplar jamoalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xolid startaplar uchun qo‘shma akseleratsiya dasturini va tomonlar tajriba almashishiga imkon beradigan kengaytirish dasturlarini tashkil etishni taklif qildi.
Tadbir yakunida savol-javob sessiyasi o‘tkazildi, unda startaplar shaxsiy tavsiyalar olishdi va Fors ko‘rfazi bozorlariga chiqishning aniq strategiyalarini muhokama qilishdi. Ishtirokchilar olingan ma’lumotlarning qadrini ta’kidlab, O‘zbekiston va MENA mamlakatlari o‘rtasida texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdilar.
2025-02-24