Joriy yilning oktyabr oyi oxiridan boshlab IT Park tashabbusi bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida respublika bo‘ylab 23 ta IT Markazlar ochildi, xususan:
Jizzax viloyatining Do‘stlik va Arnasoy tumanlari;
- Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor va Mirishkor tumanlari;
- Navoiy viloyatining Navbahor, G‘ozg‘on va -Konimex tumanlari;
- Buxoro viloyatining Shorifkon, Romiton va Peshko‘ tumanlari;
- Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir va Qibray tumanlari;
- Samarqand viloyatining Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlari;
- Farg‘ona viloyatining Toshloq, Farg‘ona va Quva tumanlari;
- Andijon viloyatining Xo’jaobodmakon va Jalaquduq tumanlari;
Mamlakatimizning yuqoridagi hududlarida har bir yangi IT Markaz’ning ochilishi munosabati bilan tantanali marosimlar tashkil etilib, ularda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlari, hududiy vakillar, IT Park filiallari, IT markazlari xodimlari va ,albatta, yoshlar ishtirok etdi.
Har bir tadbir davomida mehmonlar va tashrif buyuruvchilar uchun IT Park, IT Markazlar faoliyati hamda tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan innovasion loyihalar bo‘yicha mahorat darslari va taqdimotlar o‘tkazildi. Har bir IT Markazning o‘quv dasturlari aholining kompyuter savodxonligi darajasini oshirish, fuqarolarning kelajak kasbini egallash muhimligi, startaplar va boshqa IT loyihalarda ishtirok etish zarurligi to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan.
Qayd etish joizki, har bir IT Markazlar kurslarda olingan bilimlarni yanada samarali o‘zlashtirish uchun barcha zarur jihozlar va Internet tarmog‘iga ulangan holda xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan. Yoshlarni IT salohiyatini rivojlantirish yo‘lida qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil oxirigacha IT Park IT Markazlar sonini 205 taga yetkazishni rejalashtirmoqda, ularda yoshlarga kompyuter savodxonligi, veb-dasturlash, mobil robototexnika asoslari, grafik dizayn va elektron sport turlari o‘rgatiladi.
Kurs talabalariga butun o‘quv jarayoni davomida malakali IT mutaxassislar timsolida tajribali o‘qituvchilar hamrohlik qiladilar. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berishi, o‘z loyiha va ishlanmalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berishda yordam so‘rashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda respublika bo‘ylab 196 ta IT Markazlar ochilgan.
2021-11-10