24-iyul kuni Londonda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda ishbilarmon doiralar vakillari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va sarmoyalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun yig‘ildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasini tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Oybek Xamrayev, konchilik va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari Omonullo Nasritdinxoʻjayev va “IT Park Uzbekistan” bosh direktorining raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha oʻrinbosari Mahliyo Muksinovalar taqdim etdi.
Forumda “Control Risks”, “WOOD & Company”, “Shell”, “JPMorgan & Co”, “Societe Generale”, “Da Vinci Capital”, “London Investment Capital” va boshqa ko‘plab kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.
Mahliyo Muksinova O‘zbekistonda IT-sanoatning rivojlanishi va bozorga kirib kelayotgan xorijiy kompaniyalarga qulayliklar taqdim etish va mamlakat hukumati tomonidan imtiyozli ko‘mak olish imkonini beruvchi maxsus dasturlar haqida gapirib o‘tdi.
Taqdimot doirasida IT Park vakili forum ishtirokchilarini xorijiy kompaniyalarga ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etuvchi va O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va eksport faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan yangi “Zero Risk” dasturi bilan tanishtirdi.
Loyiha imtiyozli soliq rejimi, xarajatlarni qisman qoplash, taqdim etiladigan ofisni jihozlar bilan taʼminlash va xodimlarni oʻqitish uchun taklif etilgan murabbiylar xarajatlarini boʻlishish haqida edi. Dastur Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (IDCT) va IT Park tomonidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, koʻproq xorijiy kompaniyalarni jalb etish boʻyicha yangi strategik yondashuvlar taqdim etildi. Ulardan biri “Global Excellence” dasturi bo‘lib, u belgilangan shartnomalar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soha bo‘yicha maslahatchilar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Yana bir muhim yondashuv Local 2 Global (Mintaqaviydan xalqaro miqyosga) dasturi bo‘lib, eksport bo‘yicha maslahat xizmatlari uchun 50% kompensatsiya taklif qiladi.
Buyuk Britaniya hukumatining biznes va savdo departamenti savdo muzokaralari bo‘yicha bosh direktori Amanda Bruks O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining muhim jihatlariga to‘xtalib, mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik va taraqqiyotning yangi davriga o‘tayotganini ta’kidladi.

2023-07-28