Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan chaqirilgan va “Global internet boshqaruvi forumi”ning (IGF) submintaqaviy tashabbusi hisoblangan “VIII Markaziy Osiyo internet boshqaruvi forumi (CA IGF) 2024” boʻlib oʻtdi.
“CA IGF” — bu davlat organlari, xususiy sektor, xalqaro, nodavlat tashkilotlar vakillari, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Tojikiston ekspertlarini birlashtirgan mintaqaviy xalqaro platforma hisoblanadi. Forum raqamli iqtisodiyot, infratuzilmani rivojlantirish, kiberxavfsizlikni taʼminlash va turli sohalarda innovatsion yechimlarni tatbiq etish bilan bogʻliq innovatsion yechimlarni muhokama qilish va qoʻshma strategik tashabbuslarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.
Forum davomida raqamli infratuzilmani samarali rivojlantirish va uni modernizatsiya qilish, kiberxavfsizlik va mintaqaning raqamli barqarorligini taʼminlash masalalari, shuningdek, raqamli transformatsiya davrida tartibga solish jihatlari muhokama qilindi. Mazkur forumda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq soʻzladi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida IT Park direktori oʻrinbosari Mahliyo Muksinova Oʻzbekistonning raqamli biznes muhiti va mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish borasidagi yutuqlarini namoyish etdi. U texnologik taraqqiyot sharoitida tezkor qarorlar qabul qilish, minimal byurokratik jarayonlar va global oʻzgarishlarga tezkor javob qaytarish har qachongidan ham muhimroq ekanligini qayd etdi. Mahliyo Oʻzbekiston hukumati tomonidan xususiy IT-sektor vakillari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qator islohotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilgani, bu esa kompaniyalarga zarur oʻsish surʼatlarini saqlab qolgan holda yangi bozorlarga chiqish va kengayish imkonini berayotganini alohida taʼkidladi.
Bundan tashqari, forum dasturidan ishtirokchilar oʻzlarining texnologik ishlanmalarini barcha xohlovchilarga taqdim etgan koʻrgazma ham oʻrin oldi. IT Park vakillari ham koʻrgazmada qatnashib, IT-kompaniyalarga Oʻzbekistonda biznes yuritish uchun mavjud boʻlgan qoʻllab-quvvatlash dasturlari haqida gapirib berishdi..
Bugun transformatsiya davrida mintaqaning kiberxavfsizligi va raqamli barqarorligi masalalariga bagʻishlangan forumning ikkinchi kuni boʻlib oʻtmoqda.
Tadbir tufayli Markaziy Osiyo raqamli sanoatining barcha vakillari oʻrtasida mazmunli muloqot oʻrnatildi, mintaqada erishilgan natijalarni kuchaytirishga imkon beradigan yangi strategik tashabbuslar va tajriba almashinuvi taʼminlandi.
2024-06-22