O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining vazir Sherzod Shermatov boshchiligidagi va IT Park direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov ishtirokidagi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari bilan tashrif buyurishdi.
19-aprel kuni Chjunguantsun texnoparki (Z Park)ning Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Djang Yang, loyixa menedjeri Djou Teng va boshqalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida texnopark imkoniyatlarini yanada oshirish bo‘yicha tajriba almashish, IT-tadbirkorlik sohasidagi qo‘shma dasturlarni amalga oshirish va Xitoy startaplarini/kompaniyalarini Markaziy Osiyo bozorlariga chiqishda qo‘llab-quvvatlash, har ikki tomonning startap va top-menejerlari uchun treninglar tashkil etish boʻyicha takliflar, hamda hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.
“Chjunguansun texnoparki (Z Park)” – Xitoyning IT sanoatining texnologik va ilmiy markazi, tadqiqot, ishlanmalar va ishlab chiqarish maskanidir. Texnopark Pekin shimoli-g‘arbidagi Xaydyan tumanida joylashgan. Texnoparkning maydoni 488 kvm, shu jumladan 16 ta subpark, texnopark binolarining umumiy maydoni 1750 ming kv.m. Ayni paytda texnoparkda 20 mingdan ortiq korxona ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 2 millionga yaqin kishi mehnat qilmoqda. 2021 yilning birinchi besh oyida Faqat Zhongguansunning asosiy rezident kompaniyalari daromadi 459 milliard dollarga yetdi.
20-aprel kuni O‘zbekiston delegatsiyasi ELINC kompaniyasining marketing bo‘limi boshlig‘i I Su va texnik xodimlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida “ELINC” kompaniya vakillari bilan kompaniyaning yechimlari va mahsulotlari bilan tanishish uchun ko‘rgazma bazasiga tashrif buyurdilar. Ko‘rgazma bazasida Kiber xavfsizlik uchun yaratilgan texnologiyalar tanishtirildi.
Uchrashuv davomida kompaniyaning yechimlari va mahsulotlari bilan tanishish uchun ko‘rgazma bazasiga tashrif buyurishdi. Ko‘rgazma bazasida Kiber xavfsizlik uchun yaratilgan texnologiyalar namoyish etildi. O‘zbekiston vakillari Kiber xavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslari laboratoriyasi bilan tanishtirildi.
Ko‘rgazmadan so‘ng tomonlar kelajakda yurtimizda kiberxavfsizlik o‘quv kurslarini tashkil qilish va ikki tomonlama samarali loyixalarni amalga oshirish uchun davomiy muzokaralar olib borishga kelishdilar.
Ma’lumot uchun: ELINC – Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri China Electronics Corporation ning sho‘ba korxonasi.
ELINC – davlat korxonasi bo‘lib, uning asosiy faoliyati kiberxavfsizlik va axborotlashtirish sohasi hisoblanadi. Ularning ba’zi ishlanmalari aqlli tibbiyot, aqlli odatlar, aqlli ta’lim, aqlli soliqqa tortish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
2023-04-21