O‘zbekiston hududlarida IT sanoatini rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda

Joriy yilning 29-iyul kunidan 31-iyuligacha Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida IT Park direktori Farhod Ibrohimov boshchiligida IT sohasini yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalari olamining zamonaviy tendentsiyalari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmalari boshliqlari, hokim o‘rinbosarlari va IT park’ning hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishdi, u erda inkubatsiya markazlari va shu yilning oxiriga qadar qurib bitiriladigan IT markazlarining qurilish ishlari bilan tanishtirildi.

Joriy yilning oktyabr oyiga qadar Sirdaryo viloyatida o‘ninchi IT markazining qurilish ishlari yakunlanadi, Jizzax viloyatida yana 4 ta, Buxoro viloyatida 5 ta, Samarqand va Navoiy viloyatlarida 3 tadan yangi IT markazlari ochish rejalashtirilgan, bu o‘z o‘rnida ko‘p sonli yosh avlodga dasturlash, grafik dizayn, robototexnika, kibersport va boshqa sohalarni o‘rganishga imkon yaratadi.

Hozirgi vaqtda IT markazlarida (respublika bo‘ylab) 2 mingdan 5 minggacha talaba o‘qiydi, bu juda yaxshi ko‘rsatkich va yangi ta‘lim muassasalari sonining ko‘payishi bilan bu ko‘rsatkich yanada tez o‘sadi. Barcha IT markazlar kelajak kasblarini muammosiz ozlashtirish uchun qulay mebellar, professional uskunalar, uzluksiz elektr ta’minoti va simsiz Internet bilan jihozlangan.

IT Park vakillari IT parkning hududiy filiallarida olib borilayotgan ishlar va loyihalarni monitoringdan otkazdilar. Bundan tashqari, IT markazlari oqituvchilari va trenerlari bilan duhbatlar otkazildi va axborot  texnologiyalari sohasini rivojlantirish jarayonini yanada takomillashtirish boyicha tavsiyalar berildi.

Tadbirlar davomida yosh dasturchilarni doimiy qollab-quvvatlash usuli bilan aholining bu sohaga qiziqishi va ishtirokini oshirish boyicha olib borilayotgan ishlarning ahamiyati qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, respublikamiz hududlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish boyicha barcha ishlar tez sur’atlar bilan olib borilmoqda, bu esa mahalliy IT mutaxassislar soni va sifatining o‘sishini sezilarli darajada tezlashtirishga yordam beradi.

2021-08-09