Oʻzbekiston hududlarida qanday qilib sifatli IT taʼlim olish mumkin?

IT Park taʼlim rezidentlari “IT Park REwind” onlayn marafonida ishtirok etdilar va IT taʼlim sohasidagi oʻz tajribalari haqida soʻzlab berdilar.

Onlayn marafon moderatori har kuni IT Parkʼga hududlardagi IT taʼlim boʻyicha koʻplab savollar kelib tushishi, odamlar raqamli texnologiyalar boʻyicha oʻqitish markazlari mavjud yoki yoʻqligi, agar bor boʻlsa, qanday kurs va qanday yoʻnalishlar boʻyicha ekanligini soʻrashlarini aytib oʻtdi. Ushbu savollarning barchasiga IT Park rezidentlari javob berdi.

Poʻlatov Akrom, IT Park rezidenti, “Namangan Intellect Software Developers” kompaniyasi direktori:



“Bizda IT taʼlim boʻyicha 15 yillik tajriba bor. Karantin boshlanishidan oldin biz Youtubeʼdagi kanalimizda android va veb ishlab chiqish boʻyicha onlayn darslar oʻtishni boshlab yuborgandik.

Biz asosiy urgʻuni nazariy emas, balki amaliy mashgʻulotlarga qaratamiz. Bizning maqsadimiz 3-4 oy ichida, daromad topa oladigan boshlangʻich darajadagi mutaxassisni yaratish.

Baʼzida 15 daqiqalik darsni yaratish uchun deyarli bir kun vaqt sarflanadi, biroq biz Oʻzbekiston yoshlariga nafaqat mahalliy, balki jahon bozorida ham raqobatbardosh, yaxshi kadr boʻlishlari uchun yordam bera olishimizdan baxtlimiz.

Saidravshan Shokirov va Emil Erofeyevskiy, IT Park rezidentlari, “Monday Labs” kompaniyasi:

“Monday Academy Python tilida veb ishlab chiqish, Fullstack-ishlab chiqish va grafik dizayn boʻyicha kurslarni taqdim qiladi. Ayni damda kurslar toʻliq onlayn oʻtkazilmoqda. Pandemiya boshlangan davrda kompaniya hozirga sharoitlarga yengilmaslikka qaror qildi va bunday qiyin davrlarda akademiya oʻquvchilariga sifatli materiallar yetkazish maqsadida onlayn rejimga qayta ixtisoslashdi. Pandemiya yakunlanganidan soʻng, koʻplab insonlar shaxsan ishtirok etishni istaganlari tufayli kompaniya yana oflayn rejimga oʻtadi.

Bugungi kunga kelib Monday Academyʼning qisqacha hayoti davomida (bir yildan kamroq) kompaniya oʻzining 5 oy davom etuvchi kurslari yordamida 50 dan ziyod oʻquvchilar – junior fullstack developerlarni oʻqitishga erishdi.

Shuningdek, kompaniya uch kunlik bepul tanishuv kurslarini taqdim qilgan holda tadbir tashkil qildi va unda 300 dan ziyod inson ishtirok etdi. Ushbu tadbir yordamida kompaniya ishtirokchilarga veb-ishlab chiqish asoslarini tanishtirdi, dasturlash aslida unchalar qoʻrqinchli va qiyin narsa emasligini koʻrsatib berdi.

Gʻaniyev Dilshod, IT Park rezidenti, “Zucco Academy” taʼsischisi.

“Zucco Academy” akademiyasi 2019-yilning dekabr oyida ochildi. Avval boshdanoq asosiy maqsad “Zucco Tech” kompaniyasining oʻzi uchun IT mutaxassislar tayyorlash edi. Kompaniyaning asosiy faoliyati – bu IT xizmarlar autsorsingi. Shuningdek, ular Shvetsiyalik IT kompaniyalar bilan hamkorlik qiladilar.

“Zucco Tech”da 30 dan ziyod developerlar mavjud. Kompaniyaning asosiy yoʻnalishlari – veb-ishlab chiqish, big data va sunʼiy idrok.

 

Ularning oʻz akademiyalarini ochishga qaror qilganliklarining asosiy sababi – bu ularning oʻz kompaniyalarida kadrlar yetishmasligi. Shu tufayli 2019-yilda Dilshod hamkasblari bilan oʻz shaxsiy IT akademiyasini tashkil qildi.

“Zucco Academy”da dasturlashning asosiy yoʻnalishlaridan tashqari veb dizaynga ham oʻqish mumkin.
 
Aytish lozimki, pandemiya davrida akademiya oʻz faoliyatini toʻxtatmadi. Taʼsischilar zudlik bilan akademiya uchun platforma yaratdilar va onlayn rejimga oʻtdilar.

Akademiyada quyidagi yoʻnalishlarda taʼlim olish mumkin: PHP, Java, AutoCAD, Cinema 4D va boshqalar.

Oʻyinlarga nafaqat kibersport formatida, balki ishlab chiqish boʻyicha ham qiziquvchi yigitlar uchun akademiya Unreal Engine kurslarini tashkil qildi.

Pandemiya tufayli “Zucco Academy“  barcha kurs va faoliyatini onlayn rejimga oʻtkazishi lozimligi haqida dars oldi. Dilshod kompaniyasining istiqboldagi rejasi – toʻliqligicha onlayn rejimga oʻtish ekanligini aytib oʻtdi.


Shuningdek, Dilshod videomaterial va kontent umuman olganda yaxshi boʻlsa-da, bu hali hech narsa degani emasligini fahmladi. Hatto oʻqituvchilar Bill Geyts yoki Mark Sukerberg boʻlsa-da va oʻquvchilar shunchaki ushbu videodarslarni tomosha qilsa, bu materialning atigi 10 foizi oʻzlashtirilganini bildiradi. Oʻquvchilarning hech boʻlmaganda  50 foizlik oʻzlashtirish koʻrsatikichiga erishish uchun amaliy mashgʻulotlar shart va zarur. Oʻquvchi har doim mavzuni tushunish uchun amaliy mashgʻulotlar bajarishi lozim.
 

Biroq “Zucco Academy” nafaqat 50%, balki 90 % lik oʻzlashtirish koʻrsatkichiga erishmoqchi va shu tufayli oʻquvchilar oʻzlari dars oʻtishlari uchun yangicha yoʻl tutildi. Shu sababli Dilshod va uning jamoasi boshqa IT akademiyalar va oʻquv markazlari bilan hamkorlikda oʻz hamjamiyatini tuzish – muhim, deb hisoblaydi.
 

Dilshod, shuningdek, ochilgan kunidan buyon, IT Park oʻz rezidentlariga, jumladan ularga katta yordam koʻrsatayotganini aytib oʻtdi. Hozir barcha xotirjamlik bilan “Zucco Academy” saytiga tashrif buyurishi hamda mavjud barcha yoʻnalish va kurslar bilan tanishishlari mumkin.

Mirzayev Odilbek, IT  Park rezidenti, “PDP Academy” direktori.

Odilbek Oʻzbekistonda IT bozorini rivojlantirish uchun xorijiy IT kompaniyalar bilan hamkorlik qilish va Oʻzbekistonda ularning filiallarini ochish kerakligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, yirik autsorsing IT loyihalarini qoʻlga kiritishga harakat qilish lozim. Odilbekning soʻzlariga qaraganda, bunday holatda biz Oʻzbekiston IT sohasining obroʻsini oshirishimiz, koʻplab sifatli kadrlarni jalb qilishimiz va koʻplab yigitlarimizni taʼminlashimiz mumkin.

“Aytish lozimki, “Coursera” va “One Million Uzbek Coders” singari loyihalar yurtimiz uchun juda qiziq va muhim, qolaversa “Zucco Academy”dan Dilshodning soʻzlarini aytib oʻtish lozim – faqat videodaslar koʻrsatish orqali biz yaxshi natijalarga erisha olmaymiz. Har doim ijroni sifattli nazorat qilish, motivatsiya va amaliy mashgʻulotlar boʻlishi lozim. Biz oʻquvchilarga koʻplab amaliy mashgʻulotlar va umuman olganda koʻplab amaliyot taklif qilgan holda kelajakda yaxshi kadrlar yaratishimiz mumkin”, dedi Otabek.
 
Odilbek davlat tomonidan ham taklif va tashabbuslar boʻlishi lozimligini aytib oʻtdi. Boshlangʻich darajadagi yosh developerlar uchun stipendiyalar ajratilishi lozim. “Bizda yaxshi daromad qilishni istagan koʻplab yoshlar bor, biroq yaxshi va koʻp pul topish uchun avval yaxshi oʻqish lozim. Shu tufaylim siz qancha koʻp oʻqisangiz va koʻnikmalarga ega boʻlib borsangiz, shuncha koʻp pul ishlab topishingiz mumkin. Oʻqishni tanlaganlar esa ter toʻkishlari lozim”, soʻzladi Odilbek.

PDP akademiyasi 2017-yilda tashkil qilingan. Shu vaqtdan boshlab akademiya 500 dan ziyod developerlarni tayyorladi. Oʻtgan yildan boshlab loyihani yiriklashtirish jarayoni boshlandi. Pandemiyaga qadar ikkita filialda 800 dan ziyod talabalar taʼlim oldilar. Karantin eʼlon qilinishi bilanoq 15 kun ichida onlayn platforma yaratildi. Platformani ishga tushirish avvalida kurslar bepul taqdim qilindi. Toʻliq qayta ishlangan rasmiy platforma 23-iyulda rasman ishga tushirildi.

Shuningdek, Odilbekning soʻzlariga koʻra, PDP akademiyasi koʻplab xalqaro mentorlarni jalb qila ogan holda yangi pogʻonaga koʻtarildi. Odilbek va uning jamoasi xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.

Bugun har qanday xohlovchi pdp.uz saytiga kirishi, roʻyxatdan oʻtishi va 20 dan ortiq yoʻnalishlarda taʼlim olishni boshlashi mumkin. Shuningdek, Akademiya tinimsiz kengayib bormoqda, shu tufayli yoʻnalishlar yanada koʻproq boʻlishiga vada berdi Odilbek. IT atamalar bilan tanish boʻlmagan va IT sohasi haqida umuman hech narsani bilmaydiganlar uchun “PDP Start” kursi ishlab chiqildi. Ushbu kursda ular ishlab chiqish nima ekanligini bilib oladilar va uning asoslarini oʻrganadilar.

IT Parkning IT taʼlim beruvchi rezidentlari va ularning kurslari

Onlayn marafonga havola: 
https://www.youtube.com/watch?v=I2qtxfc25e4

2020-07-25