“O‘zbekiston – raqamli rivojlanish uchun ideal muhit”: Digital Leadership Forum ishtirokchilarining mamlakat IT salohiyati haqidagi fikr-mulohazalari

7-9-iyul kunlari Toshkentda ilk bor “Digital Leadership Forum” bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim voqea BPO va IT-autsorsing sohasini rivojlantirishga qiziqish bildirgan ekspertlar va soha vakillarini jalb qildi. Forum raqamli asrda muvaffaqiyat qozonishga intilayotgan yetakchilar uchun muhim platformaga aylandi.

Tadbir ishtirokchilari, taniqli ekspertlar va sohaning yetakchi vakillari bir necha kun davomida axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatli rivojlanish uchun noyob g‘oyalar va strategiyalarni taqdim etib, faol ravishda oʻz bilim va tajribalari bilan almashdilar.

Forum doirasida IT Park vakillari turli kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular orasida Karim Seudi - “Raya CX” investitsiyalar va investorlar bilan aloqalar direktori, Shon Makellin - “IDA Ireland”mintaqaviy direktori va “Saviday”hamkori, “ENRICH” vakillari Oguz Bahadir va Bunyamin Sarach, Stefan Loind - “TrendzOwl”asoschisi va direktori, Viktor Pereda – “Nearsol” bosh direktori, Jef Pappas- “Newmark” katta ijrochi direktori, Peydj Vebster - “Webster Global Site Selectors Phoenix” egasi, Maykl Zdanovski - “Venture Consulting” kompaniyasi energetika, sanoat, strategiya va kommunikatsiyalar bo'yicha direktori, Georgiy Tsurtsumia - “PAYZE.io” bosh direktori va hammuassisi, Robert Frants - Brandenburg amaliy fanlar universiteti professori, Ruslan Rakimbayev – “Quest Ventures” kompaniyasi investitsiya boʻyicha direktori.

Ekspertlar ijtimoiy tarmoqlarda forumdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

CX Innovation Institute innovatsiyalar bo‘yicha direktori Saymon Kris nafaqat O‘zbekistonning AKT salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi, balki mamlakatga sarmoya kiritishga arziydigan sakkizta sababni ham aytib o‘tdi.

Mutaxassis O‘zbekistonning mashhur yo‘nalish bo‘lishga tayyorligining 8 sababini aytib o‘tdi: 

1) O'zbekiston davlat sifatida [mustaqil – muallif tahr.], juda yosh – 30 yoshdan biroz oshgan. Bu vaqt ichida mamlakat Estoniya va qo‘shni Qozog‘iston kabi raqamli markazlashgan iqtisodiyotni to‘liq qayta qurishga muvaffaq bo‘ldi.

2) Millatning qayta tug'ilishi natijasida Konstitutsiya, fuqarolik huquqlari, diniy erkinlik, qonun ustuvorligi, tizimlashtirilgan bank tizimlari, umuman zamonaviy iqtisodiyotdan talab etiladigan  barcha shart-sharoitlar paydo boʻldi.

3) O‘zbekistonda 36 million aholining 70 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi, bu esa o‘ziga xos, ulkan mehnat va taraqqiyotga tayyor ishchi kuchini yaratadi.

4) Ko‘p tillilik o‘zbeklar uchun kundalik hayotning bir qismidir: jumladan turk, rus, ingliz, shuningdek, nemis va boshqalar (aloqa markazlarida men eshitgan ingliz tili darajasi juda yaxshi edi).

5) O‘zbeklar mehmondoʻstligi, hatto bozorlarda ishlaydiganlarda ham mijozlarga bo’lgan munosabat tugʻma iste’dod sifatida oʻzini darhol namoyon qiladi. Mijozlarga xizmat koʻrsatish an’anasi shakllangan.

6) Taklif etilayotgan shartlar va imtiyozlar boshqa mashhur offshor manzillarinikidan qolishmaydi, ularning ba'zilari haqiqatan ham noyob va diqqatga sazovor.

7) Mamlakat tarixi va o‘tmishdagi yutuqlariga chuqur hurmat bilan raqamli iqtisodiyotga jadallik bilan o‘tish istagini uyg‘unlashtirish qobiliyati.

8) Poytaxt Toshkent ko'zni quvontiradi va men bo'lgan eng yashil (bog'lari va daraxtlari bilan) shaharlardan biri, Kopengagen, Vankuver va hatto ona shahrim Melburn bilan raqobatlasha oladi».

Saymon Kris o‘z maqolasida IT Park jamoasiga sa’y-harakatlari va yetakchiligi uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, forum boshlovchisi, IT Park universiteti direktori Bohodir Ayupovning professionalligini ta’kidladi.

Unido Digital Media nashriyotchisi, tahlilchi va maslahatchisi Loren Moss  ham O‘zbekiston haqida o‘z fikrlarini bildirdi. U ko‘pchilikning maqsadlari faqat ogʻizda, O‘zbekiston esa haqiqatdan ham o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida qadam tashlayotganini va bu haqli ravishda e’tirof va e’tiborga loyiq ekanini ta’kidladi. U mamlakatimizning so‘nggi bir necha yil ichida erishgan yutuqlarini yuqori baholab, uning ulkan salohiyatini qayd etib oʻtdi.

"CORE SE" kompaniyasining Transformatsiyalar bo‘yicha direktori, boshqaruv bo‘yicha maslahatchisi Leon Kulmann Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovga ushbu tadbirda ishtirok etish taklifi va O‘zbekistonda EPAM tajribasini taqdim etish imkoniyati, shuningdek, elektron hukumat sektorida bulutli texnologiyalardan foydalanish tajribasini taqdim etish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Shuningdek, u IT Park Uzbekistan'ga samimiy qabul uchun alohida minnatdorlik bildirib, forumni jahon miqyosidagi tadbir deb atadi.

Mutaxassis e'tiborga loyiq uchta muhim jihatni  ajratib ko'rsatdi:

1. Neytrallik: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan (Yevropadagi Shveytsariyaga o‘xshash); Shimolda Rossiya, sharqda Xitoy va Hindiston, g'arbda Yevropa Ittifoqi va AQSh, janubda BAA, Qatar va Saudiya Arabistoni. Xususiy sektor va siyosiy sektorda texnologiya betarafligini boshqarish davomiy o'sish va dunyoga ochiq qolish uchun muvaffaqiyat omili bo'ladi.

2. Texnologiya: O‘zbekistonda raqamlashtirishni ta’minlash uchun barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu saqlanishi va qayta ishlanishi kerak bo'lgan ma'lumotlar hajmining jadal sur’atlarda o'sishiga, bu esa avtomatik ravishda bulutli xizmatlardan keng foydalanishga olib keladi. Ushbu xizmatlardan barcha sohalarda muvaffaqiyatli foydalanish katta ahamiyatga ega bo'ladi.

3. Tartibga solish. Muvaffaqiyatning yana bir muhim omili O‘zbekistonning rivojlanishidagi o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirish uchun kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoya qilish va to‘lovlarga tegishli tartibga soluvchi yondashuvni ishlab chiqish bo‘ladi. Bu axborot xavfsizligi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va samarali to'lov tizimlarini ta'minlash uchun qonun-qoidalar aniqlanishi va ularga rioya qilinishi kerakligini anglatadi. Bunday tartibga solish yondashuvi mamlakatning barqaror o‘sishi va rivojlanishiga xizmat qiladi”.

IDA Irlandiya Yaqin Sharq mintaqaviy direktori va Saviday hamkori Shon Makellin birinchi  Digital Leadership Forum' tadbiriga taklif qilingani va unda ishtirok etish imkoniyati uchun  vazir Sherzod Shermatov va IT Park Uzbekistan'ga minnatdorchilik bildirdi. U ushbu tadbir O‘zbekiston sarmoyadorlari uchun yangi istiqbollarni ochganini va IT-Park tomonidan taqdim etilgan sarmoyaviy platformadan katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.

NearSol asoschisi Viktor Pereda mintaqadagi raqamli sanoatning jadal rivojlanishi, ayniqsa, autsorsing asosida ishlaydigan aloqa markazlaridan taassurot qoldirdi. U odamlarning iliq munosabati, keng infratuzilma va hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan innovatsion loyihalarni ta’kidladi.

 

Maykl Zdanovski, Ventures Consulting texnologiya strategiyasi va kommunikatsiyalar boʻyicha direktori, Ryan Strategic Advisory kompaniyasining strategik hamkori O‘zbekistonning raqamli yoshlari ko‘plab xorijiy tillarni bilishi, bu esa jahon iqtisodiyotiga foyda keltirishi mumkinligini ta’kidladi. U yangi g'alabalarga erishishga umid bildirdi va mahalliy kompaniyalarning xorijiy mijozlar uchun mashaqqatli mehnatiga yuqori baho berdi.

Forumda nutq so‘zlash va xorijiy mijozlar uchun real vaqt rejimida murakkab ishlarni amalga oshirayotgan mahalliy kompaniyalar faoliyatini bevosita ko‘rish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Ushbu imkoniyat uchun, shuningdek, samimiy mehmondo'stlik va O'zbekistonning kelajakdagi istiqbollarini belgilab beruvchi mazmunli suhbatlar uchun IT Parkning ajoyib jamoasiga tashakkur. Bu kashfiyotlarga boy samarali sayohat bo'ldi”.

Veb-saytlar uchun eng yaxshi joylarni tanlashga ixtisoslashgan Webster Global Site Selectors kompaniyasining matbuot kotibi va maslahatchisi Peyj Vebster mamlakat imkoniyatlari va mehmondo'stligini qayd etdi. 

Giorgi Tsurtsumia PAYZE.io bosh direktori va hammuassisi 

BAA sobiq adliya vaziri Abdulla Sulaymon Al Hammadi raqamli transformatsiya nafaqat yangi vositalardan foydalanish, balki innovatsiyalar madaniyati va yuqori darajadagi moslashuvchanlikni shakllantirishni ham o‘z ichiga olishini ta’kidladi. 

Robert Frans, Brandenburg amaliy fanlar universiteti professori: 

Karim Seudi, BPO Raya CX investitsiya va investorlar bilan aloqalar bo'yicha direktori O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi texnologik markazga aylanishi mumkinligini tan oldi. Ekspert forumga kompaniya rahbari – Raya CX bosh direktori va direktorlar kengashi a’zosi Ahmad Abulez bilan birga keldi.

TrenzOwl kompaniyasi asoschisi va rahbari Stiven Loynd o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekistonning kuchli tomonlarini sanab o‘tdi va forum davomida o‘rnatilgan aloqalar uzoq muddatli va istiqbolli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

— — —

Dunyoning turli burchaklaridan kelgan boshqa spikerlar ham O‘zbekiston taraqqiyoti va Digital Leadership Forum tadbirining o‘rni haqida soʻzlab berdi. Mutaxassislar mintaqaning maqsad va ambitsiyalarini yuqori baholab, O‘zbekistonning yangi autsorsing markaziga aylanish imkoniyatlari yuqori ekanligini ta’kidladi. 

2023-07-26