O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari IT Parkʼga tashrif buyurishdi 

2021-yil 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari IT Parkʼga tashrif buyurishdi. 


 
Tashrif davomida kursantlarga IT Park faoliyati, tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi hamda kursantlarga ofis va axborot texnologiyalari majmuasi qurilish maydonchasi bo‘ylab qisqacha ekskursiya uyushtirildi. 
 
Bunday ekskursiyalar yoshlarning bilimini sezilarli darajada oshiradi va axborot texnologiyalari sohasini ommalashtiradi, ularga bugungi kunda IT sohasida yosh avlod qanday imkoniyatlarga ega ekanligi haqida ham tushuncha beradi.

2021-12-01