Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori startaplarga qanday taʼsir koʻrsatadi?

2020-yilning 28-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Bu startaplar uchun qanday mazmun kasb etadi?

Birinchi navbatda, oliy ta1lim muassasalarida innovatsion markazlarni ochish orqali startap-ekotizimni rivojlantirish boshlanadi. Ushbu markazlar zamonaviy texnika va inventar bilan jihozlanadi. Markazlarda oliy ta1lim muassasalari talabalari uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari amalga oshiriladi, shuningdek, startap loyihalar qoʻllab-quvvatlanadi.

Bundan tashqari, startaplar raqamli iqtisodiyot sohasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun idoralararo va idoralarga oid axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va istiqbolli startap loyihalarni rivojlantirish dasturi doirasida vazirlik va idoralar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Ijro bosqichlari:

  1. Raqamli iqtisodiyot sohasida vazirlik va idoralarning faoliyati boʻyicha muammoli sohalar aniqlanadi.
  2. Istiqbolli gʻoya va yoʻnalishlarni aniqlash uchun bir qator tanlov va hakatonlar oʻtkaziladi hamda raqamli iqtisodiyot sohasidagi muammoli jabhalarni hal qilish uchun vazirlik va idoralarda istiqbolli startap loyihalar roʻyxati tuziladi.
  3. Startap loyihalarni belgilangan tartibda tanlab oliniub, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritiladi.
  4. Startap loyihalarni akseleratsiya dasturlarida ishtirok etilishi taʼminlanadi.
  5. Vazirlik va idoralar faoliyatiga istiqbolli startap loyihalarni joriy etiladi va moliyalashtiriladi.

Qaysi vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilinadi:

  1. Qurilish vazirligi;
  2. Energetika vazirligi;
  3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
  4. Transport vazirligi;
  5. Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi;
  6. Sogʻliqni saqlash vazirligi;
  7. Xalq taʼlimi vazirligi;
  8. Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
  9. Markaziy bank.

Ushbu qaror davlat tomonidan taqdim etilgan resurslarni olish va ulardan foydalanish, shuningdek, mamlakatda startap ekotizimini yangi rivojlanish darajasiga koʻtarish imkonini beradi.

2020-05-01