O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi bilan birgalikdagi vebinar!

Sizga mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 18-sentyabr 14:00 da  “Oʻzbekiston va Germaniya: IT sohasidagi hamkorlik rivojining istiqbollari” mavzusida vebinar boʻlib oʻtadi.
Vebinarda IT Park va Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, hamda Lucanet AG, Bringmeister GmbH va Code Factory DKB kabi taniqli nemis kompaniyalari vakillari soʻzga chiqishadi.

Vebinar siz uchun foydali, agarda siz:

— Germaniyada ishlashni rejalashtirgan boʻlsangiz;
— texnologiyalar sohasini tushunsangiz;
— oʻz IT kompaniya/jamoangiz boʻlsa;
— IT sohasining imkoniyatlari va ragʻbatlari haqida bilishni istasangiz.

Hamyurtlarimiz o‘z tajribalari hamda Germaniyadagi korxonalar tomonidan ilgari suriladigan talablar haqida so‘zlab beradilar. Yevropada qanday qilib kasbiy faoliyatingizni yo‘lga qo‘yishni bilib olasiz.  Aynan siz Germaniya uchun zarur bo‘lgan mutaxassisga aylanishingiz ham ajab emas! 

17-sentyabrgacha (shu kuni ham) roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling:

2020-09-15