Bosh direktor Abdulaxad Kuchkarov rahbarligidagi IT Park Uzbekistan vakillari “Global Startup Awards” (GSA) va “X.O. Group” asoschisi Kim Balle bilan uchrashdi. Tomonlar hamkorlik memorandumini imzoladilar, shuningdek, O‘zbekistonda startaplarni xalqaro va mintaqaviy miqyosda taqdirlash tadbirlarini o‘tkazish hamda o‘zbek loyihalarini GSA global tarmog‘i orqali targ‘ib qilish imkoniyatlarini muhokama etdilar.
“Global Startup Awards” (GSA) — 154 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan eng yirik mustaqil startaplarni mukofotlash platformasi. 2012-yilda Kopengagenda tashkil etilgan GSA startaplardan tortib investorlar, akseleratorlar va inkubatorlargacha bo‘lgan ekotizimning yetakchi vakillarini aniqlaydi va e’tirof etadi. Asosiy loyihalar qatoriga “Nordic Startup Awards”, “Central European Startup Awards”, “ASEAN Startup Awards” va “GSA Africa” kiradi. “GSA” — bu iste’dodlar va sarmoyani jalb qilish hamda xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun mo‘ljallangan platforma. “GSA” doirasida 16 ta Уunicorn” maqomiga ega bo‘lgan startaplar ishtirok etgan.
“GSA”ning operatsion boshqaruvi “X.O. Group” orqali amalga oshiriladi. Bu bo‘linma akseleratsiya dasturlarini joriy etadi, ekotizimlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqadi hamda Yevropa, Osiyo, Afrika va MENA mintaqasidagi davlat agentliklari bilan hamkorlik qiladi.
Abdulaxad Kuchkarov va Kim Balle O‘zbekistonda mintaqaviy va xalqaro startaplarni taqdirlash marosimlarini o‘tkazish hamda mahalliy startaplarni GSA global tarmog‘iga qo‘shish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. O‘zbekistonni Yevrosiyo innovatsiyalarining asosiy markazlaridan biri sifatida namoyish etish g‘oyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar shu yilning kuzida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan AKT haftaligi doirasida “Global Startup Awards” mukofotini topshirish marosimini o‘tkazishga kelishib oldilar.
IT Park Uzbekistan mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va O‘zbekistonning global IT-hab sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyatida Bunday loyihalar xalqaro hamkorlik va mahalliy innovatsiyalarni jahon miqyosida ilgari surish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
2025-07-25