O‘zbekiston va gener8tor startap ekotizimini rivojlantirish va startap asoschilariga yordam berish dasturlarini ishga tushirish masalalarini muhokama qildi

IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulaxad Kuchkarovgener8tor” kompaniyasi hammuassisi Jo Kirges bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar mamlakat hududlarida startaplar, innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

gener8tor” kompaniyasi 2012-yilda AQSHning Viskonsin shtatidagi Medison shahrida tashkil etilgan. U universitetlar, korporatsiyalar va davlat tuzilmalari bilan hamkorlik qiladigan yetakchi Amerika startap akseleratorlari va venchur sherikleridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda “gener8tor” 5 dan ortiq mamlakat va 46 ta hamjamiyatda faoliyat yuritib, 2,9 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb qilgan va 12 000 dan ziyod ish o‘rinlari yaratgan 1600 dan ortiq startapni qo‘llab-quvvatlagan.

Muhokamaning asosiy mavzulari

Muhokamaning muhim yo‘nalishlaridan biri IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini olgan holda O‘zbekistonda “gener8tor” mintaqaviy vakolatxonasini tashkil etish masalasi bo‘ldi. Bu tashabbus butun mamlakat bo‘ylab startaplar uchun tizimli akseleratsiya va tadbirkorlik ta’limi dasturlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.

Tomonlar, shuningdek, hududiy universitetlarning inkubatsiya markazlari va IT Park Uzbekistan startap-studiyalari negizida “gALPHA” va “gBETA” dasturlarini joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ushbu dasturlar g‘oyalarni shakllantirish va dastlabki moliyalashtirish bosqichlarida yosh startap asoschilari va talabalarga yordam berishga qaratilgan.

Mahalliy trenerlarni akseleratsiya dasturlari bo‘yicha tayyorlash va sertifikatlashga mo‘ljallangan “Training of Trainers” (ToT) dasturini ishga tushirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu malakali murabbiylar zaxirasini yaratish va hududlarda startaplarni qo‘llab-quvvatlashning barqaror tizimini rivojlantirish, mamlakatning har bir viloyatida inkubatsiya va pre-akseleratsiya dasturlarining keng qamrovini ta’minlash imkonini beradi.

Keyingi qadamlar va ularning mamlakat uchun ahamiyati

Uchrashuv yakunida tomonlar strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar. “gener8tor” bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish O‘zbekiston startap ekotizimining rivojlanishini tezlashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va o‘z innovatsion loyihalarini rivojlantirishga intilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, “gener8tor” tarmog‘ining bitiruvchi startaplari va ularning hamkorlari O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari va biznes yuritishning imtiyozli shartlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, IT Park Uzbekistan ularga mamlakatda ofis ochish va rezident maqomini olishda ko‘maklashadi.

gener8tor” bilan hamkorlik O‘zbekistonning mintaqaviy innovatsiyalar va tadbirkorlik markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi. IT Park Uzbekistan uchun bu sheriklik xalqaro hamkorlar, ilg‘or ta’lim va akseleratsiya amaliyotlarini jalb qilish, shuningdek, hududiy startap-studiyalar tarmog‘ini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Qo‘shma tashabbuslar tadbirkorlik ta’limi sifatini oshirish, startaplarning investitsiyalar va tashqi bozorlarga kirishini kengaytirish, shuningdek, mamlakatning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish imkonini beradi.

2025-11-11