O‘zbekiston va Tatariston IT va tadbirkorlik sohasida keng ko‘lamli hamkorlikni boshlashyapti

O‘zbekiston va Tatariston - bir necha yillar davomida turli sohalarda yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan sheriklardir.

IT Park Delegatsiyasining rezident kompaniyalari bilan birgalikda "Kazan Digital Week - 2021" xalqaro forumida ishtirok etish uchun Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahriga tashrifi ikki respublikaning axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorligini mustahkamlash va ikki mamlakat IT kompaniyalari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirildi.

Shuningdek, IT Park vakillari bilan birgalikda "Realsoft", "Data Site Technology", "Calypso Intelligent Solutions", "Genesis Innovations", "Online Service Group", "Центр программистов BePro", "Green White Solutions", "Smartchain", "Exact IT", "Micros Development", "Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi", "Tune Consulting", "Avtomatlashtirilgan transport to‘lash tizimi operatori" va boshqalar kabi 13 ta kompaniya-rezidentlar, jami delegatsiya tarkibida 40 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurishdi.

"Kazan Digital Week - 2021" forumi har yili Rossiya Federatsiyasi hukumati ko‘magida o‘tkaziladi, unda Tatariston, Rossiya va xorijiy davlatlarning IT kompaniyalari o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari, innovatsion ishlanmalari va IT mahsulotlarini axborot texnologiyalari sohasiga qiziqqan barcha tashrif buyuruvchilar uchun taqdim etishadi. Bundan tashqari, bu IT kompaniyalar vakillari va menejerlari yangi hamkorlar, mijozlar, potensial investorlar topadigan va joriy hamkorlari bilan hamkorlikni mustahkamlaydigan maxsus platformadir.

Bu yil ko‘rgazmada Hukumat va davlat hokimiyati organlari hamda "Huawei", "Innopolis" maxsus iqtisodiy zona, "IT Park Kazan", "БАРС Груп", "Татнефть" va boshqalar kabi yirik xalqaro kompaniyalar va tashkilotlar ishtirok etishdi.  Forumda ishtirok etayotgan kompaniyalarning umumiy soni 130 ga yaqin bo‘ldi va innovatsion ishlanmalarga ega stendlar minglab qiziquvchilarni jalb qildi.

Ko‘rgazma davomida IT Park vakillari Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Nurgaliyevich Minnixanovga, Rossiya Federatsiyasining raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy axborot vositalari vaziri Maksut Igorevich Shadayevga, "Huawei" kompaniyasi Evroosiyo mintaqaviy vakolatxonasi Prezidenti Chjou Danjin’ga IT Park faoliyati va yutuqlarini taqdim etish hamda mamlakatda axborot texnologiyalari va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar, Tatariston IT kompaniyalari bilan samarali hamkorlik qilish umidlari haqida gapirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tatariston Prezidenti Rustam Nurgaliyevich Minnixanov Tatariston va O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik va tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, u 2 yil ichida yaxshi natijalarni ko‘rsatgan tashkilot faoliyati va tanlangan rivojlanish yo‘li bilan tanishish uchun IT Park’ga tashrif buyurishga va’da berdi.

IT Park delegatsiyasi uchun forum muvaffaqiyatsiz o‘tmadi, sababi "Kazan Digital Week - 2021" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida ikki respublikaning IT kompaniyalari o‘rtasida yaqin hamkorlikka hissa qo‘shadigan muhim shartnomalar imzolandi. 

IT Park rezident kompaniyalari "БАРС Груп", "Etton", "Татнефть", "Innopolis" maxsus iqtisodiy zona, "Innotech" va boshqa yirik tashkilotlar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdilar, natijada o‘zaro munosabatlar asoslari va hamkorlik shartnomalari imzolandi.

 

Yagona umumrespublika protsessing markazi Rossiyaning ikkita kompaniyalari - "Innopolis" MIZ va "Innotech" bilan shartnomalar imzoladi, buning natijasida yaqin orada O‘zbekistonda "Иннотех" rivojlanish markazi ochiladi.

Ba’zi kompaniyalar uchun esa tashrif 200 ming dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan yakunlandi.

Shuningdek, IT Park Delegatsiyasining tashrifi IT ta’lim sohasida muhim bitimlar imzolanishi bilan ajralib turdi.

Masalan, IT Park va "IT Park Kazan" o‘rtasida imzolangan memorandum tufayli kelajakda kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ko‘plab dasturlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Va IT Park xodimlari uchun eng birinchi o‘quv moduli 19 oktyabrdan boshlanadi.

Yana bir muhim voqealardan biri "Innopolis" universiteti bilan hamkorlik bo‘ldi, uning doirasida IT Park qoshida ochiladigan yangi IT universitetida innovatsion usullardan foydalangan holda qo‘shma ta’lim dasturlari yaratiladi.

Qozon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari texnikumi bilan "Kazan Digital Week - 2021" xalqaro forumida ishtirok etish vaqtida erishilgan kelishuvni ham alohida qayd etish lozim. Uning natijasida, Xorazm viloyati Texnik universiteti o‘qituvchilari Qozonda ta’lim olish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, shuningdek, Qozon texnikumining filiallari O‘zbekistonning turli hududlarida ochiladi.

Bundan tashqari, IT Park "Sellout-Strategiya" birinchi sport loyihalari akseleratori hamda bepul dasturlash maktabi "21-maktab" faoliyati bilan tanishdi va O‘zbekiston o‘qituvchilarining robototexnika bo‘yicha ta’limi hamda malaka oshirish va har yili o‘tkaziladigan "Digital Skills" chempionatida o‘zbek yoshlarining ishtiroki haqida kelishib oldi.

Yuqoridagi kelishuvlarning barchasi bir narsani anglatadi, yaqin kelajakda IT mutaxassisliklarini o‘rganishga qiziqqan barcha yuqori sifatli ta’lim olishlari uchun yangi imkoniyatlar ochiladi va O‘zbekistonning barcha IT kompaniyalari "IT Park Kazan" va MIZ "Innopolis" rezidentlari bo‘lish imkoniyatiga eda bo‘ladilar, bu esa o‘z o‘rnida Rossiya Federatsiyasi bozoriga Tatariston Respublikasi orqali kirish imkoniyatini yaratadi.

Biz hozir ishonch bilan aytishimiz mumkinki, IT Park delegatsiyasining Tatariston Respublikasiga tashrifi natijasida yirik xorijiy IT kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga chiqishi, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar bilan tajriba va bilimlarni almashish orqali O‘zbekiston IT kadrlarini tayyorlash darajasini oshirish bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va IT xizmatlar eksporti hajmini oshirishga olib keladi, bu esa mamlakatimiz iqtisodiyoti va fuqarolarining turmush darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

2021-10-05