2021-yilning 26-iyun sanasida Toshkent shahridagi Inha universitetida Tumaris Tech loyihasi doirasida ayollarni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi. Tadbir “Wonder Women” ayollar hamjamiyati asoschisi hamda mahalliy liderlar tomonidan uyushtirilmoqda.
Tadbir mavzusi: “O‘zbekistonda ayollar qanday qilib rivojlanishi va harakat qilishdan qo‘rqmasliklari lozim?”.
Aksariyat qizlar rivojlanishdan, o‘z potensiallarini namoyish qilishdan, harakat qilishdan qo‘rqishadi va qanday manbalardan foydalanish kerakligini, ilk qadamlarni qanday tashlashni, qiyinchiliklarni qanday yengishni, oldinga harakat qilish uchun kuchni qanday qilib topishni bilishmaydi. Bularning barchasini spikerlarimizdan bilib olishingiz mumkin.
Biz aynan siz uchun to‘rt nafar qahramonning to‘rtta hikoyasini taqdim etamiz: Nigora Oqilova, Kamola Sobirova, Rada Islomova, Madina Umurzoqova. Ularning barchasi O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan. Har biri hayotda o‘z o‘rnini topgan. Bularning barchasi siz yashayotgan muhitdan chiqqan kishilar hayotidan olingan haqiqiy misollar va hikoyalar va, albatta, bu sizga o‘z yo‘lingizni topishda yordam beradi degan umiddamiz. Ularning hikoyasini eshitgandan so‘ng, ichki ovozingiz: “Agar uning qo‘lidan kelgan bo‘la, sen ham uddalay olasan”, deya yangraydi.
Spikerlar:
- “Wonder Women” jamiyati asoschisi Rada Islomova;
- tantanali tadbirlar prodyuseri Madina Umurzoqova;
- tadbirkor, brend-kommunikatsiya va uni ilgari surish sohasi mutaxassisi Nigora Oqilova;
- Artel kompaniyasi matbuot xizmati rahbari Kamola Sobirova.
Vaqt: soat 11:00.
Tadbir davomiyligi: 2,5 soat.
Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti.
Kirish bepul, faqat ro‘yxatdan o‘tsangiz bas: https://forms.gle/nwPWyJKfWojZohjJA
Ma’lumot o‘rnida:
Tumaris Tech - bu Oʻzbekistonda IT sohasida ayollar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash loyihasi boʻlib, uning doirasida ayollarning oʻz startap loyihalarini ishlab chiqishda rag'batlantiriladi.
Loyiha ICT ekotizimiga ayollarni jalb qilishni kuchaytirishga qaratilgan: BPO (Business Process Outsourcing)dan tortib frilanser sifatida ishlashni istagan ayollar uchun startaplarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish uchun taʼlim berishgacha. Loyiha doirasida, startaplar bepul inkubatsiya va akseleratsiya kurslaridan o‘tishdi va keyinchalik rivojlanish uchun kerakli ko‘nikmalarni egallashdi.
2021-06-17