Oʻzbekistonda gender tengligi muammolari muhokama qilindi

2021-yil 7-may sanasida IT Park direktori Farhod Ibragimov Oʻzbekistonda gender tengligi hamda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish muammolariga bagʻishlangan onlayn uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat boʻyicha birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili oʻrinbosari Doina Munteanu, BMT Taraqqiyot dasturining Mintaqaviy markazi Gender amaliyoti guruhi boshligʻi Bxarati Sadasivam, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar bilan ishlash agentligi direktori oʻrinbosari Dilnoza Kattaxoʻjaeva, ijtimoiy tadqiqotlar va koʻrsatkichlarni amalga oshirish boʻlimi boshligʻi Adiba Nuritdinova va boshqalar.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, raqamli xizmatlar koʻrsatish, oʻzaro hamkorlik, BMT Taraqqiyot dasturining gender tengligi sohasida qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va boshqa koʻplab masalalar muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekosning taʼkidlashicha, hozirgi kunda Oʻzbekistonda hukumat gender tengligini taʼminlash va ayollarni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratmoqda.

“Ayni paytda axborot texnologiyalari sohasida 28 ming kishi ishlaydi, shundan 9 mingdan ortigʻi ayollardir. Menimcha, bu juda yaxshi koʻrsatkich, ammo bu yetarli emas”, – deya qoʻshimcha qildi Oleg Andreyevich.

Farhod Ibragimov ham soʻzga chiqib, muhim masalalarni taʼkidlab oʻtdi va tomonlarning oʻzaro hamkorlik yoʻnalishi boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

“Biz aniqlagan asosiy muammolardan biri, bu qizlarning taʼlim jarayoniga kam jalb qilinganligidir. Universitetlarga tez-tez tashrif buyurganimizda, talaba qizlarning ulushi juda past darajada ekanligini payqaymiz”, – dedi Farhod Ibragimov.

Shuningdek, u ushbu vaziyatni bartaraf etish uchun IT Park universitet talabalariga eʼtibor qaratish oʻrniga, maktab oʻquvchilari va oʻquvchi qizlar bilan ishlashni boshlashga qaror qilganini qoʻshimcha qildi. Oʻzbekiston hukumati rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi butun respublika boʻylab IT Markazʼlarning keng tarmogʻini yaratishga imkon berdi. Har bir IT Markaz mahalliy maktablar va maktab bitiruvchilari bilan ishlaydi.

“Biz Xorazm viloyatida” TechBika loyihasini ishga tushirdik. Buтпф barcha mintaqaviy IT Markazʼlarimizni jalb qildik, natijada ular maktablar bilan ishlashni boshladi. Keyinchalik 9, 10 va 11-sinf oʻquvchilari IT sohasiga jalb qilinishni va qiziqishni boshladilar”, – dedi IT Park direktori.

Bundan tashqari, Farhod Ibrohimov ayollar tadbirkorligini va umuman IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan boshqa loyihalar haqida soʻzlab berdi. U “One Million Uzbek Coders”, “ITWomenUz” va “Tumaris Tech” kabi loyihalarning imkoniyatlarini taʼkidlab, ular doirasida qizlarning turli xil IT mutaxassisliklarini oʻrganishlari va toʻgʻridan-toʻgʻri uy sharoitida IT xizmatlarini taqdim etishlari uchun ulkan ishlar olib borilganligi haqida oʻrtoqlashdi.

Natijada, barcha tomonlar tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, kompyuter savodxonligini oshirish va boshqa sohalarga oid barcha turdagi yordamlarni koʻrsatishga qiziqish bildirishdi.

2021-05-11