O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha terma jamoa tuziladi

Joriy yilning 24-mart kuni IT Park’da O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda IT Park innovatsiya bo‘limi direktori  o‘rinbosari Jahongir Rajabov, O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi rahbari Doniyor Juraev, assotsiatsiya vitse-prezidenti va frag.uz veb-saytining asoschisi Eldar Qodirov hamda startap ekotizimlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Farrux Maksumov, akseleratsiyani rivojlantirish bo‘yicha menejer Humoyun Sultonov va boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ikkala tomon kibersport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini shakllantirish, jamoalarni xalqaro turnirlarga olib chiqish, shuningdek, DDOS hujumlari bilan bog‘liq dolzarb muammolar, turnirlar tashkil etish va tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari haqida muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi va IT Park o‘rtasidagi hamkorlikni tiklash, turli kibersport turnirlarini tashkil etish va boshqa narsalar haqida kelishib olishdi.


 

2021-03-26