O‘zbekistonda Minecraft turniri bo‘lib o‘tdi: kim g‘oliblikni qo‘lga kiritdi?

2021-yilning 10-30-sentyabr kunlari O‘zbekiston aholisi uchun Minecraft bo‘yicha «MineLeague» onlayn-turniri bo‘lib o‘tdi.  Turnir 3 toifada, ya’ni Sky Wars, Bed Wars va Hunger Games bo‘yicha tashkil qilindi.  Barcha o‘yinlar Single Elimination formatida o‘tkazildi, ya’ni o‘yinda mag‘lub bo‘lgan ishtirokchilar turnirdan chetlashtirildi.

Turnirda 250 dan ortiq  ishtirokchi qatnashdi.  Ishtirokchilar 2 yosh toifasiga bo‘lingan bo‘lib: 12 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar va 12 yoshdan katta ishtirokchilarni o‘z ichiga oldi.

Turnir «Liga» tizimi bo‘yicha o‘tkazildi, ya’ni har bir yosh toifasiga 3 kun muddat berildi, bu vaqt davomida cheklanmagan miqdorda o‘yin o‘tkazishi mumkin edi.  O‘yin natijalari quyidagicha hisoblandi: «o‘ldirish» soni 0,25 ga ko‘paytirildi va barcha o‘yinlardagi «o‘limlar» soniga bo‘linadi.

Hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra g‘oliblar:

Yoshlar guruhi:

1-o‘rin – Azamat Turdiev, litsenziyaga ega Minecraft, naushnik, o‘yin klaviaturasi va sichqonchani qo‘lga kiritdi;

2-o‘rin – Minecraft litsenziyasi, o‘yin klaviaturasi va naushniklar qo‘lga kiritgan Pahlavon Tojiddinov;

3-o‘rin – Minecraft litsenziyasi va naushniklarga ega boʻlgan Sardor Xashimov.

Katta guruh:

1-o‘rin – Ahmadjon Ro‘zmatov, Minecraft litsenziyasi, naushniklar, o‘yin klaviaturasi va sichqonchani qo‘lga kiritdi;

2-o‘rin – Odilxon Turdiev, Minecraft litsenziyasi, o‘yin klaviaturasi va naushniklar oldi;

3-o‘rin – Sarvar Shoimov Minecraft litsenziyasi va naushnikka ega boʻldi.

Bu «Oliy Liga»ning birinchi mavsumi edi.  Biz Minecraft turnirlarini o’tkazishda davom etamiz.  Yangiliklarimizni kuzatib boring

2021-11-19