“Startup Meetup” tadbiri 9-sentabr kuni IT Park Toshkent filialida soat 18:30 da oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi. . Unda “Venture Roof” startapi asoschisi, Amerikaning “Speechki” startapida CGO, “Alchemist” B2B akseleratorida mentor va sudya Dmitriy Kim “Tashqi bozorda ilk mijozlarni topish va faoliyatni kengaytirishni boshlash yo‘llari” mavzusida ma’ruza qiladi.
Sessiya davomida mutaxassis tinglovchilarga quyidagi savollar bo‘yicha o‘z maslahatini beradi:
• Nima uchun mahalliy bozordan emas, balki tashqi bozordan boshlash lozim?
• Tashqi bozorga chiqishni qanday boshlash kerak?
• Birinchi savdoni qanday amalga oshirish lozim?
• Savdoni kengaytirishni qay tarzda boshlash kerak?
Tadbir rus tilida o'tkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 8-sentyabrgacha qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/gF2HMoeYwDkAGdUN6 .
2022-08-26