“Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha eng yaxshi 100 o‘qituvchini saralash muvaffaqiyatli o‘tganini va TOP-100 safiga kiruvchi g‘oliblarimizni e’lon qilishdan mamnunmiz.
Dastavval, “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida, har yili uzbekcoders.uz platformasi orqali “One Million Uzbek Coders” kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablari “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘qituvchilari uchun tanlov o‘tkazishini estlatib o‘tamiz.
TOP-100 ro‘yxatiga kiruvchi har bir informatika o‘qituvchilari 4 900 000 so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi.
G‘oliblar quyidagicha aniqlanadi:
- o‘qituvchi platformadagi dasturlardan birini yakunlashi lozim;
- o‘quvchilari platformada bir necha kurslarni tugatgan va “One Million Uzbek Coders” bitiruvchisi sertifikatini olgan o‘qituvchilar.
Maktab o‘quvchilari ro‘yxatdan o‘tayotganda maktab raqamlarini ko‘rsatib o‘tishlari shart. Tanlov yakuniga koʻra, oʻquvchilarining natijasi eng yaxshi boʻlgan informatika o‘qituvchilarining maʼlumotlari XTV bazasiga koʻra janlanadi.
Top-100 ro‘yxati: top-100
2021-07-05