«One Million Uzbek Coders» loyihasi ishtirokchilari uchun yangi yil tuhfasi!

Aynan bu yil siz uchun Nanodegree grantini olish uchun 3 emas, balki 4 ta imtihon oʻtkazishga qaror qildik!

Agar siz uzbekcoders.uz veb saytida oʻqiyotgan boʻlsangiz, unda trekning barcha vazifalarini bajarishga va laboratoriya ishlarini topshiringa shoshiling, shuningdek, 20-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Udacity Nanodegree granti imtihonidan ikki kun oldin sertifikatlarga ega boʻling!

Arizalar topshirish muddati: 19-dekabr

Roʻyxatdan oʻtish:

Roʻyxatdan oʻtish platforma kabinetida amalga oshiriladi.

Roʻyxatdan oʻtishga shoshiling, chunki siz omadli 50 nafar grant egalaridan biri boʻlishingiz mumkin!

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: http://uzbekcoders.uz

Eslatib oʻtamiz, “One Million Uzbek Coders” bu ixtisoslashgan onlayn portal orqali keng aholini bepul masofaviy taʼlim bilan taminlash maqsadida yaratilgan loyiha. Barcha masofaviy tarzda bepul taʼlim olishni xoxlovchilar ariza topshirishi mumkin. Loyihaning asosiy maqsadi raqamli texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar avlodini tayyorlash, ularni barcha vositalar bilan, yaʼni dasturlash koʻnikmalari bilan qurollantirish.

“One Million Uzbek Coders” platformasi xalqaro mehnat bozorida eng koʻp talab qilinadigan toʻrtta yoʻnalishni: Data Analytics, Android Development, FrontEnd Development va FullStack Development oʻz ichiga oladi. Umumiy kurs 120 soatlik oʻqish uchun moʻljallangan. Yoʻnalishlarning har bir bosqichi soʻngida laboratoriya ishlari boʻlib oʻtadi va ulardan muvafaqqiyatli oʻtgan talabalarga mehnatini taqdirlash maqsadida sertifikatlar taqdim etiladi.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Udacity platformasidagi grantlar uchun raqobatlashish, shuningdek, Nanodegree dasturlaridan birida oʻqishni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladi. Buning uchun sizdan yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirish va eng yuqori ball toʻplagan Top-150 talikka kirish talab etiladi. Shuni taʼkidlash lozimki, Nanodegree diplomlari IT sohasining Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqa shu kabi yirik kompaniyalar tomonidan tan olinadi.
 

 

2020-12-04