“One Million Uzbek Coders” loyihasining bir yilligi va tanlov gʻoliblari: qay tarzda oʻtdi?

2020-yilning 16-dekabr kuni “One Million Uzbek Coders” loyihasi oʻz yubileyini onlayn ravishda nishonladi. Unda tomoshabinlar One Million Uzbek Coders” loyihasi bitiruvchilarining koʻngilochar va motivatsion muvaffaqiyat hikoyalarini eshitish, shuningdek, yaqinda muvaffaqiyatli yakunlangan uchta tanlov gʻoliblarini tantanali ravishda taqdirlash marosimida ishtirok etish baxtiga muyassar boʻlishdi.

Ta’kidlash joizki, hozirda uzbekcoders.uz platformasida 120 ming kishi roʻyxatdan oʻtgan. Shulardan 21 ming nafari kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, loyihanining bitiruvchilariga aylandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari vaziri Muhammad Bin Abdulloh Al-Gergavi, Dubai Future Foundation direktori oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonov, shuningdek, yoshlar va Oʻzbekistondagi axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi boshqa vakillari ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov oʻz nutqida One Million Uzbek Coders” loyihasi mamlakatimizda jinsi, yoshi, millati va yashash joyidan qat’i nazar har qanday shaxsning oʻzini oʻzi anglashi uchun yaratilgan imkoniyatlarning eng yorqin nomoyondalaridan biri ekanligini ta’kidladi.

“Kelgusi ikki yil ichida “Raqamli Oʻzbekiston 2030strategiyasini amalga oshirish doirasida biz One Million Uzbek Coders” loyihasiga 500 000 dan ortiq yangi ishtirokchilar jalb qilinishini kutmoqdamiz. Shuningdek, har yili informatika fani boʻyicha 100 ta eng yaxshi oʻqituvchilar loyiha hayotidagi faol ishtiroki uchun sovgʻalar bilan taqdirlanadi”, – dedi Abdulla Oripov oʻz nutqida.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari vaziri Muhammad Bin Abdulloh Al-Gergavi “One Million Uzbek Coders” tashabbusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlanganligini ta’kidladi. Uning soʻzlariga koʻra, global karantin davrida butun dunyo boʻylab dasturlash va texnologiyalar har qanday muammolarni yechishda muhim roʻl oʻynashi yana bir bor isbotlandi. Karantin davrida hamma uyda qamalgan bir paytda, axborot texnologiyalari odamlarni birlashtirishtiradigan yagona vositaga aylandi.

Tadbir davomida quyidagi musobaqalarning gʻoliblari rasmiy tarzda e’lon qilindi:

 1. IT Park Cup

- IT Park Cup - bu mukofot jamgʻarmasi 30 000 AQSh dollarni tashkil qiluvchi onlayn sport dasturlash chempionati.

A (kattalar) divizioni gʻoliblari:

1-oʻrin - Hojiev Sunatullo, 10000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.

2-oʻrin - Nazarbek Baltabaev, 6000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.

3-oʻrin - Asadullo Gʻaniev, 4000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.

B (bolalar) divizioni gʻoliblari:

1-oʻrin - Xoʻjaqulov Dilshodbek, 5000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.

2-oʻrin - Oʻrinov Azimjon, 3000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.

3-oʻrin - Yuliya Fayzieva, 2000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.

Eslatib oʻtamiz, IT Park Cup tanlovining finali 2020-yilning 6-dekabr kuni bo'lib oʻtdi. Unda finalchilar 5 soat davomida tinimsiz gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Saralash bosqichidan soʻng, jami roʻyxatdan oʻtgan 640 ishtirokchi orasidan eng yuqori ball toʻplagan 120 ishtirokchi final bosqichiga yoʻl oldi.

Tanlovning final bosqichini tashkil qilishda koʻmak qoʻlini choʻzgan Toshkent shahridagi Inha universiteti, Yandex, shuningdek MIPT’ga barchamiz oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

2. Students Cup
- Students Cup –bu tanlovning mukofot jamgʻarmasi 30 000 AQSh dollarini tashkil qiladi va Toshkent shahridagi 8 ta OTM talabalari uchun tashkil qilingan. Tanlov talabalar oʻrtasida tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish uchun tashkil etilgan.

Talabalar tanlovi gʻoliblari:
1-oʻrin – “NovAssistant”

- “Novassistant” - bu nafaqat kundalik vazifalarda, balki nogironlar uchun ish joylarini yaratishda yordam beradigan koʻp qirrali robot yordamchi. Mijozning iltimosiga binoan robot kerakli funksionallik hamda dizayn bilan jihozlanishi mumkin.
2-oʻrin – “Creditscoring”

- “Creaditscoring” - bu korxonalarning kreditga layoqatini toʻgʻri baholash, tijorat banklarining kredit portfellari sifatini oshirish, qarzlarni asossiz ravishda rad etishni kamaytirish, yaroqsiz kreditlar sonini kamaytirish, shuningdek, kreditlar yoʻqolishining oldini olishga yordam beradigan skoring modeli.

3-oʻrin – “Digital Test Reader”

- “Digital Test Reader” - bu oʻquv muassasalari hamda oʻquv markazlariga oʻquvchilar bilimini qisqa vaqt ichida tekshirishga imkon beradigan testlarni tashkil qilishning innovatsion usuli.


Gʻoliblar quyidagi sovrinlarga ega boʻlishdi:

1-oʻrin - $15 000

2-oʻrin - $10 000

3-oʻrin - $5 000
3. Open Data Challenge 2020
“Open Data Challenge 2020” - bu IT Park tomonidan har yili, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, shuningdek, “One Million Uzbek Coders” dasturi va Dubai Future Foundation hamkorligida tashkil etiladigan tanlov. Shuningdek, bu tanlov Oʻzbekistonning axborot texnologiyalari, tadbirkorlik va iqtisodiyot sohalarida ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlov gʻoliblari:
Davlat sektori:                     

1. “White” jamoasi va ularning Oʻzbekistondagi IT sohasini takomillashtirish maqsadida yaratilgan multi-platformasi.

2. Xalqaro va mahalliy investorlar uchun keng qamrovli bozor axborot platformasini ishlab chiqqan “UniApp” jamoasi.

3. Yoʻl harakati qoidalari buzilishini kuzatuvchi bot ishlab chiqqan “WeSion” jamoasi. Bu bot foydalanuvchilarga fotosuratlarni yuklash va qoidabuzarlikni tasvirlash kabi imkoniyatlarni beradi.

Ijtimoiy sektor:                   

1. Brail alifbosidagi matnni o'qishdagi qiyinchiliklarni minimallashtirish uchun mobil ilovani taqdim etgan “NLS” jamoasi.

2. “JuFoF” jamoasi va ularning zaif odamlarga yordam berish maqsadida yaratgan volontyorlar platformasi.

3. Bemorlarga shaxsiy tibbiy ma’lumotlarini saqlashda yordam beradigan ID kartani taqdim etgan “Genius Coders” jamoasi.

Biznes:                  

1. Dori qidirish va sotib olish servislarini ko’rsatadigan “Aptechka 24” loyihasini taqdim etgan “PhalconDevsjamoasi.

2. Iste’molchilar uchun kerakli mahsulotlarni topish jarayonini osonlashtiradigan, shuningdek, har bir mijozga savdo markazlari ichidagi mumkin boʻlgan hodisalar, aksiyalar va soʻnggi trendlar toʻgʻrisida qoʻshimcha ma'lumot berib boradigan mobil ilovani ishlab chiqqan “Keep it 100” jamoasi.

3. Qishloq xoʻjaligi sohasida reklama joylashtirish uchun onlayn xizmat yaratish taklifi bilan chiqqan Frozen Code” jamoasi.

Ma’lumotlarni oʻzgartirish va yaratish:          

1. Oʻzbek tilini oʻrganishga yordam beradigan mobil ilovani taqdim etgan “Fantastic Team” jamoasi.

2. Qaysi onlayn doʻkonda mahsulot mavjudligini va qaysi onlayn doʻkondan arzon narxda sotib olishingiz mumkinligini aniqlashga yordam beradigan xizmatni taqdim etgan “DigiMind” jamoasi.

3. Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan voqealar toʻgʻrisida toʻliq malumotga ega boʻlish uchun ommaviy axborot vositasi va boshqa manbalardan ma’lumotlarni toʻplaydigan va tahlil qiladigan veb-dasturni yaratgan “Fazon” jamoasi.

Oʻquvchilar:                

1. Bir nechta funksiyaga ega “SchoolNet” brauzerini yaratgan “NovaThrones” jamoasi. Uning funksiyalaridan biri nazorat qilish funktsiyasidir. Ushbu xususiyat boshlangʻich, oʻrta va  yuqori sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun juda foydali. Brauzer yosh talabalarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan saytlarga qarshi kurashadi. Bundan tashqari, har bir ota-ona farzandining qaysi saytlarga kirganligidan xabardor boʻladi.

2. Reklamalarni nashr etish va tomosha qilish imkonini beruvchi “Actab” loyihasi bilan “Uplift” jamoasi.

3. “XOR_Progger” jamoasi va ularning dollarga bogʻliq boʻlgan mahsulotlarning narxlarini kuzatib borish imkonini beruvchi.

4. Ta’lim portalini yaratgan “ADM” jamoasi.

5. Shahar portalini yaratgan “Bacg” jamoasi. Portal aholidan shikoyat va takliflarni qabul qiladi va shahar reytingini tuzadi.

Barcha turnirlar faqat “One Million Uzbek Coders” loyihasi bitiruvchilari uchun tashkil etiladi. Loyiha bitiruvchilari boshlangʻich IT-mutaxassislari va ularni IT sohasida rivojlanishiga ilhom berish va ragʻbatlantirish maqsadida katta miqdordagi pul mukofotlarini taqdim etuvchi shu kabi tanlovlar tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, “One Million Uzbek Coders” loyihasining yubileyda panel muhokamasi tashkil etiladi va muhokamada “Dubay Future Foundation” jamgʻarmasi direktorining oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining oʻrinbosari Rustam Karimjonov, shuningdek, “One Million Uzbek Coders” loyihasining faollaridan biri Asadbek Ro'zievlar ishtirok etishdi.

Panel muhokamasining ishtirokchilari oʻzaro “One Million Uzbek Coders” loyihasining kelajakdagi rejalari, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikdagi loyihalari hamda boshqa narsalar haqida suhbatlashdi.

Abdulaziz Al-Jaziriy savollardan biriga javoban “One Million Uzbek Coders” loyihasi yangi kurslar bilan toʻldirilishini aytib oʻtdi. Shuningdek, u faqat bilim olayotgan yoshlarni emas, balki olingan bilimlarini mustahkamlash maqsadlarida foydalanadigan, davlat va ijtimoiy muammolarni hal qiladigan, hatto yangi korxonalar ochadigan hamda startaplarni yaratadigan yoshlarni koʻrishni chin dildan istashini ta’kidladi.

“Dasturlash - bu koʻplab imkoniyatlarni ochishga yordam beradigan eshikdir”, – deya taʻkidladi Abdulaziz Al-Jaziriy.

Panel muhokamasi davomida Abdulaziz Al-Jaziri Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan IT Park, Dubai Future Foundation, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi yangilanish haqida soʻzlab berdi. Ushbu yangilanish 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga koʻproq e’tibor qaratadigan dunyoga mashhur code.org platformasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayapti. Abdulaziz Al-Jaziriy Oʻzbekistonda oʻtkazilgan tadbirlardan birida undan qandaydir ishtirokchi nega 14 yoshgacha bʻ'lgan bolalar uchun IT oʻquv dasturlari yaratilmayotganligini soʻraganini aytdi. Suningdek, panel muhokamasi davomida Abdulaziz Al-Jaziri endi 14 yoshgacha bʻ'lgan bolalar oʻqish va IT mutaxassisi boʻlib yetishish imkoniyatiga ega boʻlishlarini rasman e’lon qildi.

“One Million Uzbek Coders” loyihasi, oʻz navbatida, toʻxtab qolmaydi va kelgusida oʻz ishtirokchilarini yanada xursand qilish va ularga axborot texnologiyalari sohasini oʻrganish maqsadida yanada katta imkoniyatlar yaratadi.

2020-12-17