«One Million Uzbek Coders» to‘rtinchi imtihonining natijalari: Udacity Nanodegree granti g‘oliblari

O‘tgan yil so‘ngida biz Udacity Nanodegree granti uchun uchta imtihon o‘rniga to‘rtta imtihon bo‘lishini e’lon qilgan edik. Va hozir 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yilning so‘nggi to‘rtinchi imtihoni g‘oliblarni e’lon qilishdan mamnunmiz.

Lekin avval statistika bilan tanishib chiqsak:

Imtihonga jami 700 dan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 50 nafar platforma ishtirokchilari g‘olib bo‘lishdi va Udacity Nanodegreye grant sazovorlariga aylanishdi. Ularning yarmidan ko‘pi 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilarini tashkil etadi.

Viloyatlar bo‘yicha statistika:

- Xorazm: 88 ta ishtirokchi, 10 ta g‘olib;

- Toshkent shahri: 79 ta ishtirokchi, 9 ta g‘olib;

- Navoiy: 23 ta ishtirokchi, 5 ta g‘olib;

- Surxondaryo: 22 ta ishtirokchi, 5 ta g‘olib;

- Toshkent viloyati: 15 ta ishtirokchi, 5 ta g‘olib;

- Buxoro viloyati: 18 ta ishtirokchi, 4 ta g‘olib;

- Qashqadaryo viloyati: 23 ta ishtirokchi, 4 ta g‘olib;

- Farg‘ona: 24 ta ishtirokchi, 2 ta g‘olib;

- Jizzax: 51 ta ishtirokchi, 2 ta g‘olib;

- Andijon: 6 ta ishtirokchi, 1 ta g‘olib;

- Namangan: 29 ta ishtirokchi, 1 ta g‘olib;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 16 ta ishtirokchi, 1 ta g‘olib;

- Samarqand: 11 ta ishtirokchi, 1 ta g‘olib;

- Sirdaryo: 33 ta ishtirokchi, 0 g‘olib.

Gʻoliblar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://it-park.uz/storage/images/newsimage/Список победителей_1610014448.xlsx

Eslatib oʻtamizki, ushbu loyiha maxsus onlayn portal orqali aholining keng qatlamlarini masofadan bepul oʻqitishni nazarda tutadi. Dasturning maqsadi - raqamli texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar avlodini yaratish, barcha vositalar – dasturlash koʻnikmalari bilan ta’minlashdir.

Loyiha global mehnat bozorida eng koʻp talab boʻlgan 4 turdagi mutaxassislarni tayyorlashni oʻz ichiga oladi: Ma’lumotlarni tahlili, Android-ishlanmalar, Frontend-ishlanmalar hamda Fullstack- ishlanmalar. Umumiy kurs 120 soatga moʻljallangan boʻlib, har bir bosqichning natijalari laboratoriya ishlarini tayyorlash hamda tegishli sertifikatlarni qoʻlga kiritish bilan yakunlanadi.

Kurslarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari grantlar uchun raqobatlashib, Udacity platformasi Nanodegree dasturining 100 dan ortiq dasturlaridan birini oʻrganishni davom ettirishlari mumkin boʻladi. Buning uchun yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli tarzda topshirish hamda eng yuqori ballarga ega boʻlgan Top-150 talabalari safidan oʻrin olish lozim. Shuni ta’kidlash kerakki, Nanodegree diplomlari dunyo IT-sanoati gigantlari hisoblangan Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqalar tomonidan e’tirof etiladi.


 

2021-01-07