2022-yil 25-may kuni umumta’lim maktablarining 100 nafar informatika o‘qituvchilari taqdirlanadilar.
“TOP-100 o‘qituvchi” ro‘yxatiga kiritilgan har bir informatika o‘qituvchisi 5 400 000 so‘m miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ladi!
TOP-100 ta informatika oʻqituvchilari roʻyxatiga quyidagilar kiradilar:
– uzbekcoders.uz platformasidagi kurslardan birini tamomlagan o‘qituvchilar;
– 20-aprelga qadar “One Million Uzbek Coders” kurslarini ko‘plab o‘quvchilari tamomlagan va bitirganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan oʻqituvchilar.
Muhim: umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari roʻyxatdan oʻtishda maktab raqamini koʻrsatishlari kerak.
Kursni uch kundan kam muddatda tamomlagan talabalarning sertifikatlari ko‘rib chiqilmaydi.
Gʻoliblar qanday aniqlanadi?
Tanlov yakunida Xalq ta’limi Vazirligi negizida o‘quvchilar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilari haqida ma’lumotlar toʻplanadi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, hamda, IT Park tomonidan Xalq ta’limi Vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
2022-03-03