OneApp AQShning Starta VC akseleratori ishtirokchisiga aylandi

OneApp startap loyihasi Nyu-Yorkdagi Starta VC akseleratsiya dasturida ishtirok etmoqda. Dastur 3-aprelda boshlangan bo‘lib 3 oy davom etadi. U eng yaxshi vorkshoplar, biznes murabbiylar bilan seminarlar va individual mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

Starta - bu texnologiya rivojlanishining dastlabki bosqichlarida iste‘dodlarni izlash, qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish uchun venchur ekotizimidir.

Ularning vazifasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat:

• butun dunyo bo‘ylab kengayishni va kapitalni jalb qilishni xohlaydigan xalqaro startaplar;

• kasbiy ta‘lim olishga intilayotgan soha yetakchilari;

• uzoq muddatli o‘sish salohiyatiga va jamiyat bilan mustahkam aloqaga ishonadigan investorlar.

Akseleratsiya dasturi doirasida startap asoschilari AQShda biznes yuritish, madaniyatga moslashish va birlamchi tarmoqlarni o‘rnatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar oladi.

Eslatib o‘tamiz, OneApp IT-kompaniyalar uchun O‘zbekistonda iqtidorli yoshlarni izlash bo‘yicha yetakchi platformalardan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab 1300 dan ortiq kompaniyalar IT-mutaxassislarini yollash uchun OneApp dasturidan foydalanadilar. Ilova faqat bitta ariza to‘ldirish orqali istalgan miqdordagi bo‘sh ish o‘rinlariga ariza topshirish imkonini beradi.

OneApp jamoasi uchun Starta VC akseleratsiya dasturida ishtirok etish ularning xalqaro bozordagi faoliyatini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi

2023-04-17