2020-yilning 28-iyul sanasida IT Park Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda quyidagi mavzuda master-klass tashkil qilmoqda:
"Innovatsion tadbirkorlik: rivojlanish muammolari va xorijiy tajriba"
Vebinar spikeri sifatida Belgiyalik tadbirkor, innovatsion biznes loyihalar asoschisi, Anton Suvorov ishtirok etadi.
Vebinarda shaxsiy ishni hamda "oʻziga" ishlashni boshlash uchun motivatsion mavzular va qadamlar, shuningdek investitsiyalarni jalb qilish mavzusi muhokama qilinadi.
Biz barcha yosh tadbirkor, startaper va frilanserlarni bizning onlayn vebinarimizda ishtirok etishni va Belgiyalik tadbirkorlar tajribasini tinglashni taklif qilib qolamiz.
Sana: 2020-yil 28-iyul
Vaqt: 14:00
Til: Ruscha
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/L27cDxGYjfpanpMT7
2020-07-24