Onlayn xakaton: AI&Data World Challenge


AI&Data World Challenge onlayn xakatoniga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.

Data-xakatonning oʻzi ikki kun davomida (27-28 iyun) onlayn koʻrinishda o'tkaziladi.

Ikki kun ichida ishtirokchilar 30 ta vazifani bajaradilar, shundan 8 tasi xalqaro miqyosda:

- Dunyodagi qashshoqlikni kamaytirish

- Davlat va insonning oʻzaro munosabatlarini sifat jihatidan yaxshilash

- Nogironligi bor odamlarning asosiy muammolarini tahlil qilish (ochiq maʻlumotlar asosida)

- Yurak-qon tomir kasalliklarini (yurak xuruji, insult) rivojlanish faktini aniqlash uchun yurak-qon tomir xavfini baholash xizmati

- Atrof-muhitni ob-havo bashorat qilish tizimiga asoslangan oʻquv simulyatorini ishlab chiqish

- Nogironlar uchun raqamli mahsulotlarning mavjudligini tekshirish

- Brayl yozuvini aniqlash

- Kelajak koʻnikmalari

Xakaton boshida barcha ishtirokchilarga vazifalar va ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi. Ishtirokchilar bilan AI va Data science sohasidagi mutaxassislar birgalikda ishlaydi, ular xakaton davomida qatnashchilarga maslahat va yordamlar beradi. Shuningdek, vazifalarni hal qilish uchun onlayn ishtirokchilarga Yandex.Cloudʼdan hisoblash kuchlari taqdim etiladi.

Xakaton natijalari boʻyicha eng yaxshi yechimlar mahalliy va xalqaro ekspertlar tomonidan tanlab olinib, akseleratsiya uchun saralash bosqichiga qoʻyiladi va keyingi bosqichlarga tayyorlanadi.

Eng yaxshi yechim mualliflarini umumiy jamgʻarmasi $60,000 miqdoridagi, moliya va Yandex.Oblaka hisoblash quvvati hamda AI&Data boʻyicha yetakchi maktablarning kurslari uchun grantlarni oʻz ichiga olgan sovrinli fond kutib turibdi.

Dunyoga chindanda yaxshi va foydali boʻlgan nimadir bera olish va xalqaro tanlovda gʻolib boʻlish imkoniyati bor.   

Bu yerda siz oʻtgan yili taqdim etilgan raqamli yechimlar bilan tanishishingiz mumkin: https://datamasters.ru/smarteka

Vazifalarning toʻliq roʻyxati, shuningdek ularning tavsifi: https://datamasters.ru/alltasks

2020-06-22