Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar o‘z loyihalarini rivojlantirish uchun pul mukofoti bilan taqdirlanishini ma’lum qilamiz. Ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, bolalar alohida maktab oʻquvchilari toifasiga ajratiladi. Ular uchun alohida 5 ta sovrinli o‘rin ajratilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, xakatonning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari IT Park tomonidan o‘tkaziladigan intensiv akseleratsiya dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, shuningdek pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
“Open Data Challenge 2020“ sovrin jamg‘armasi 40 000$ tashkil etadi.
Shu o‘rinda ishtirokchilar uchun majburiy shartlarni eslatib o‘tish lozim:
- ishtirokchilar “One million Uzbek Coders” dasturi bo'yicha o‘quv sertifikatiga ega bo‘lishi kerak;
- jamoa a’zolarining maksimal soni - 3 kishi.
Eslatib o‘tamiz, “Open Data Challenge 2020“ xakatoni — bu Oʻzbekiston iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikda ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishga qaratilgan yillik tanlov. Tanlov mohiyati ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilovalarni ishlab chiqishdan iborat boʻlib, 2020-yil 4-dekabrdan 6-dekabrgacha onlayn tartibda oʻtkaziladi!
Tadbir IT Park tomonidan, YXHT’ning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori, Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi, Dubai Future Foundation hamda “One million Uzbek Coders” dasturi koʻmagida tashkil etilgan.
Bu yilgi tanlov yoʻnalishlari uchun ochiq maʼlumotlar quyidagilar uchun boʻlishi ko‘zda tutilgan:
- Davlat sektori;
- Ijtimoiy soha;
- Biznes;
- Maʼlumotlarni yaratish va oʻzgartirish.
Ishtirokchilar oldiga uch kun davomida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda aniq raqamli yechimlar (ilova, xizmat, elektron qurilma) ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi.
Arizalar topshirish so‘nggi muddati: 2020-yil 1-dekabr (shu kuni ham)
Xakaton haqida batafsil bilish va ariza topshirish uchun sayt havolasi: http://datahack.uz/
2020-11-12