“Open Data Challenge 2021” xakatoni uchun ro‘yxatdan o‘tish natijalari

“Open Data Challenge 2021” xakatonida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish natijalarini siz bilan baham koʻrishdan mamnunmiz.

Roʻyxatga olishlarning umumiy soni 1005 tani tashkil etdi, agar “Open Data Challenge 2020” bilan solishtiradigan boʻlsak, o‘tgan safar 612 ga yaqin ariza kelib tushganini koʻrishingiz mumkin. 1005 nafar ishtirokchidan 558 nafari dasturchi, 136 nafari dizayner va 311 nafari loyiha menejeridir. Bundan tashqari, ishtirokchilarning 904 nafari erkaklar va 101 nafari ayollardir.

Hududlar bo‘yicha ishtirokchilar:

- Toshkent: 361

- Qashqadaryo viloyati: 76

- Farg‘ona viloyati: 75

- Surxondaryo viloyati: 68

- Samarqand viloyati: 64

- Toshkent viloyati: 58

- Buxoro viloyati: 56

- Namangan viloyati: 53

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 46

- Andijon viloyati: 41

- Jizzax viloyati: 36

- Xorazm viloyati: 29

- Navoiy viloyati: 27

- Sirdaryo viloyati: 15

Bundan tashqari, xakatonda qatnashish uchun ariza beruvchilar soniga nafaqat talabalar (483 kishi), balki maktab o‘quvchilari (139 kishi), shuningdek, frilanserlar (383 kishi) ham kiradi.

Eslatib o‘tamiz, “Open Data Challenge” O‘zbekiston axborot texnologiyalari, tadbirkorlik va iqtisodiyotda ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga qaratilgan har yili o‘tkazilinadigan xakaton hisoblanadi.

Bu yil xakaton 4 ta yo‘nalishda o‘tkazilinadi: davlat, ijtimoiy va biznes sektorlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash.

Sektorlar boʻyicha murojaatlar soni:

- davlat sektori: 210

- ijtimoiy sektor: 289

- biznes sektor: 343

- korrupsiyaga qarshi kurash: 163

Har bir yo‘nalish bo‘yicha birinchi o‘rinlar 11 000 AQSh dollari, 2-3 o‘rinlar esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
 

 

 

2021-12-02