27–29-yanvar kunlari poytaxtda IT Park tomonidan YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi va Akfa University ko‘magida tashkil etilgan “Open Data Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tadi.
2023-yilda dastlabki 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
Xackathon ishtirokchilari uchun ochiq ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida maxsus vebinarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Xakaton boshlanishidan oldin ishtirokchilarni yoʻnalishlar boʻyicha 4 ta vebinar va ochiq ma’lumotlar bo‘yicha 1 ta workshop kutmoqda. Webinarlar jadvali:
1. 17-yanvar soat 17:00 da – davlat sektori
Spiker: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov.
Vebinar mavzusi: Davlat organlari bilan ishlash orqali ochiq maʼlumotlarni shakllantirish. Davlat sektoridagi muammolarni hal qilishda ochiq maʼlumotlardan foydalanish.
2. 18-yanvar soat 17:00 da – ijtimoiy sektor
Spiker: O‘zbekiston Internet-Tadbirkorlari va Elektron Tijorat Uyushmasi boshqaruvi raisi, unions.uz raqamli platformasi asoschisi, boshlangʻich treker, Pro bono volontyori Sabina Akbarxojayeva.
Vebinar mavzusi: Sektordagi mavjud muammolar, mavjud ijtimoiy loyihalar, loyihalarni ishlab chiqishda qayerda va qanday ochiq ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
3. 19-yanvar soat 17:00 da – biznes sektori
Spiker: Anvar Narzullayev – CEO Mohirdev.uz
Vebinar mavzusi: SI sohasida startap yaratishda ochiq maʼlumotlardan foydalanish.
4. 20-yanvar soat 17:00 da — korrupsiyaga qarshi kurash
Spiker: Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash boʻlimi bosh inspektori Kahramon Niyazxadjayev.
Vebinar mavzusi: Korruptsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida qanday muammolar mavjud va ochiq maʼlumotlar yordamida qanday yechimlar topildi?
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola:
https://forms.gle/sknCz1KMYpagUghEA
Eslatib oʻtamiz, “Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha har yillik tanlov. Xakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish va oshirishga qaratilgan.
2023-01-13