Open Data Challenge xakatoni g‘oliblari aniqlandi

2729-yanvar kunlari poytaxda IT Park, YXHTning Ozbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va Akfa University komagida tashkil etilgan Open Data Challenge 2022 keng kolamli xakatoni bolib otdi.

Tanlovda 265 nafar (17 nafar qiz va 248 nafar yigit) ishtirok etib, ular 97 ta jamoaga bo‘lingan. Jamoalarning har biri quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihasi ustida ishlagan: davlat sektori — 16 ta, ijtimoiy sektor — 40 ta, biznes sektori — 31 ta, korrupsiyaga qarshi kurash — 10 ta.

“Demo Day”da final taqdimotga 97 ta jamoadan 68 tasi oʻtdi, bu esa tanlov ishtirokchilarining yuqori tayyorgarligi va professionalligini koʻrsatadi.

Demo Day ikki bosqichda o‘tkazildi, shundan so‘ng har bir yo‘nalishdagi eng yaxshi loyihalar tanlab olindi. Hakamlar hay’atining baholash natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar xakaton g‘olibi bo‘ldi:

  • 1-oʻrin (korruptsiyaga qarshi kurash): Tzeentch jamoasi (Boris Soyfer, Aleksandr Shabanov, Igor Dostavalov) – noqonuniy binolarni aniqlash maqsadida kadastr reyestriga kiritilmagan binolarni aniqlash loyihasi;
  • 2-orin (ijtimoiy sektor): Cookies (Maftuna Ziyamova, Malika Rahimova, David Alkamyan) – oiladagi zoravonlik qurbonlariga yordam korsatish uchun mobil ilova;
  • 3-oʻrin (davlat sektori): Realcto (Aleksey Mordvinov) – malakalangan ma’lumotlarni, shuningdek grantlarni taqsimlashni shaffof tarzda takomillashtirish maqsadida davlat va universitetlarni bogʻlab turuvchi platforma.

G‘oliblarga HP Victus Noutbuklari, Samsung Tab Planshetlari, Xiaomi smartfonlari ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Har bir loyihani malakali baholash uchun “Uzum”, “Geoalert”, “GDG” va boshqa tashkilotlardan quyidagi mutaxassislar xakatonga mentor sifatida taklif qilindi:

  • Sardor Islomov – 5 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan, asosan veb va mobil dasturlashga eʼtibor qaratadigan Senior dasturlash muhandisi. Sardor internet-narsalardan tortib, elektron tijoratgacha bo‘lgan sohalarda turli loyihalar ishlab chiqqan. Hozirgi kunda Super Dispatch kompaniyasida dasturchi boʻlib ishlaydi;
  • Azamat Majidov — Android Development, backend dasturchisi, mobil ilovalar yaratuvchisi. “Najot taʼlim”da Android Instructor boʻlib ishlaydi;
  • Kahramon NiyazxadjayevKorrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi bosh inspektori;
  • Nuruddin Iminoxunov – EPAM Systemsʼda Product Manager, GDG Uzbekistan vakili;
  • Yanik-Yakovlev Ernest — Qiwi kompaniyasida Project manager;
  • Bohodir Ahmedov – Akfa Universityʼda SI boʻlimi dekani;
  • Doniyor Maksumov – “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i – “O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar portalining yangi versiyasini ishlab chiqish”;
  • Akrom Sultanov – Xalqaro ochiq maʼlumotlar Xartiyasi Ijroiya qoʻmitasi vakili;
  • Robert Vaganyan — “UzumBank”da Product lead ;
  • Dmitriy Filipyev — “Uzum Bank”da Lead analytics;
  • Andrey Pirogov – GISGeo professional hamjamiyatining asoschisi – geoanalitika haqidagi eng katta rusiyzabon hamjamiyat; jahon bozorida geoinformatsion dasturiy taʼminotni sotishda 15 yillik professional tajriba. “GeoAlert” kompaniyasining marketing boʻyicha direktori;
  • Semyon Popovsavdo boʻyicha tahlilchi va savdo boʻlimi boshligʻi. U orqali 30 dan ortiq loyihalar turli bosqichlarda (mahsulotni bozorga olib chiqish, bozorni kengaytirish, cross-sale va upsaleʼni qurish) hamda turli xil nishalarda (SaaS yechimlarini sotishdan elektronika distribyutorlari va gullarni yetkazib berish tarmoqlarigacha) oʻtdi.

2023-01-31