Oracle va boshqa yirik korporatsiyalar eksperti vebinar o‘tkazadi

1-sentabr kuni soat 14:00 da (O‘zbekiston vaqti bilan) IT Park ko‘magida Web3 dasturlash sohasida o‘z faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlar uchun onlayn vebinar bo‘lib o‘tadi. Pedro Serdeyra “Qanday qilib Web3 dasturchisi bo‘lish va kelajakni qanday qurish mumkin?” mavzusida ma’ruza oʻtkazadi.

Pedro Serdeyra korporativ IT bozorida 25 yildan ortiq tajribaga ega. U Oracle, Brocade, EMC2, Compaq/HP, Alcatel va Accenture kompaniyalarida xalqaro biznesni rivojlantirish va sotishni boshqarish boʻyicha bir qancha yuqori darajadagi xalqaro lavozimlarda ishlagan.

Onlayn tadbir ishtirokchilari Web3Grad kimligini, nima uchun Web 3 dunyosida ishlash kerakligini, Web 3 da ishlash qanday va buning uchun nima kerakligini hamda Web3Grad siz uchun nima qilishi mumkinligini bilib olishadi.

Vebinar ingliz tilida oʻtkaziladi.

Ishtirok etish uchun arizani quyidagi havola orqali yuborish mumkin:

https://www.eventbrite.com/e/web3grad-coding-academy-interested-in-building-the-future-tickets-406770961897?aff=ebdssbonlinesearch&keep_tld=1

Eslatib oʻtamiz, Web3 – bu markazlashmagan va blokcheyn hamda token iqtisodiyotida ishlaydigan internetning yangi, uchinchi avlodi kontsepsiyasi. U foydalanuvchilar oʻrtasidagi ijtimoiy oʻzaro aloqa uchun markazlashtirilgan platformalar asosida ishlaydigan World Wide Web Web2 ga taqqoslanadi.

2022-08-26