Poytaxtda “Digital Business Women – 2022” konferensiyasi bo‘lib o‘td

18-noyabr kuni International Hotel Tashkentʼda Digital Business Women 2022 konferensiyasi bolib otdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, shuningdek, IT Park raqamli transformatsiya bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Madina Musurmankulova ishtirok etdilar.

Ozbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi raisi Gulnara Maxmudova, AQShning Ozbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik, YeXHTning Ozbekistondagi loyihalari koordinatori Xans-Ulrix Ihm, shuningdek, Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo'yicha jamg'arma kassalari fondining uzoq muddatli eksperti va vakili Matias Vangler va boshqalar so'zga chiqdilar.

Spikerlarning har biri Ozbekiston hukumati tomonidan raqamli biznes sohasida ayollar tadbirkorligini qollab-quvvatlash siyosatini amalga oshirish boyicha goyalarni ilgari surdi: asosiy yonalish va mexanizmlarni ishlab chiqish.

Kamola Sobirova Ozbekistonda IT-sohani rivojlantirishda tadbirkor ayollarning faolligini oshirish mavzusida maruza qildi.  U oz taqdimotida Ozbekiston hukumati tomonidan ayollarni AKT sohasiga jalb qilish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar va AKT vazirligi tomonidan ayol-tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida sozlab berdi.

Madina Musurmankulova IT Park tomonidan qollab-quvvatlanayotgan ayollar loyihalari haqida gapirdi.  Xususan, IT Park Uzbekistan tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri Tumaris.Techʼga alohida etibor qaratildi. 

Tumaris.Tech dasturi ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qollab-quvvatlaydi.  2022-yilda loyiha Markaziy Osiyo bosqichiga chiqdi. Ayollar loyihasining muvaffaqiyati xalqaro sovrin bilan taqdirlandi: bu yil Tumaris Tech Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan Capacity building sohasidagi eng yaxshi xalqaro loyiha deb topildi. Loyiha natijalariga koʻra: 200 dan ortiq ayollar o'qitildi; 120 ta startap-loyiha inkubatsiya va akseleratsiya dasturidan otdi;  IT-tadbirkorlik boyicha 100 nafar mutaxassis tayyorlandi.

Shuningdek, tadbirda bir nechta yirik tashkilotlar vakillari va ularning rahbarlari tadbirkorlik faoliyatida ayollarni biznesda qollab-quvvatlash rejalari va istiqbollarini muhokama qildilar.

2022-11-18