Poytaxtimizda “Computer Vision AI Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tadi

“Computer Vision AI Challenge” hakatoni IT Park hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Tadbir 24-26-iyun kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi. Tanlov shartlari bo‘yicha ishtirokchilar “computer vision” texnologiyasi asosida raqamli mahsulot yaratishlari lozim.

Hakatonda ishtirokchilar IT-mutaxassislar yordamida o‘z loyihalarini amalga oshirish, MVP ishlab chiqish barobarida o‘zaro fikr almashish hamda startaplar yo‘nalishida o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Musobaqa yakunida ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar (texnika) bilan taqdirlanadilar.

Hakatonda ishtirok etish uchun arizalar 20-iyunga qadar qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/41Szvx2V7cXhffeF8

2022-06-06