President Tech Award tanlovining ikkinchi to‘lqini g‘oliblari e’lon qilindi

7-dekabr kuni mamlakatning eng istiqbolli innovatorlarini birlashtirgan Raqamli startaplar haftaligining eng muhim tadbiri bo‘lgan “President Tech Award” grand-finalini o‘tkazish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va “Plug and Play” tomonidan tashkil etildi. Texnologik taraqqiyotning beshta asosiy yo‘nalishini ifodalovchi 15 ta jamoa eng yaxshilar unvoni va 1 000 000 AQSH dollaridan 900 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasi uchun bellashdi.

IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov qutlov nutqi bilan so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston startap ekotizimining jadal o‘sishini, shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.

“2019-yilda, biz birinchi marta startap tanlovlarini boshlaganimizda, 100 ga yaqin arizalar kelib tushgandi va ularning yarmi MVPsiz g‘oyalar bosqichida edi.  2024-yilda Prezident tashabbusi bilan biz $1,000,000 mukofot jamg‘armasi bilan texnologiyalar sohasidagi Prezident mukofotining ikkinchi bosqichini o‘tkazmoqdamiz. Bu safar 3000 nafardan ortiq ishtirokchilardan 550 dan ziyod arizalar qabul qilindi va deyarli barcha loyihalar allaqachon MVPga ega. Bu o‘zgarishlar ko‘p narsadan dalolat beradi va bu haqiqatan ham muhim,” — deya ta’kidladi Farhod Ibragimov.

“Ishonchim komilki, tanlov doirasida MVP bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi investitsiyalarni jalb qilishga tayyor.  Bundan tashqari, jamoalarni dastlabki bosqichdan qo‘llab-quvvatlash uchun “Raqamli startaplar” dasturi ishga tushirildi. Moliyalashtirish imkoniyatlari davlat va xususiy tuzilmalar: banklar, venchur fondlari, investorlar va boshqalar tomonidan taqdim etiladi.”

Tanlov bosqichlari

Birinchi bosqich: Mentorlik sessiyalari

Murabbiylik sessiyalari davomida jamoalar o‘z loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi, shuningdek, loyihani takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar olishdi. Bu esa baholash komissiyasiga “Demo Day” oldidan har bir loyiha haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi.

Ikkinchi bosqich: Demo Day

“Demo Day” bosqichiga umumiy tanlovda 50 ta jamoa va apellyatsiya bo‘yicha 4 ta jamoa yetib keldi.  Jamoalar turli yo‘nalishlardagi innovatsion loyihalarni taqdim etib, texnologiyalar kelajagiga o‘ziga xos nuqtai nazarni taqdim etdilar. Loyihalarni baholash mezonlari tanlangan yo‘nalishga qarab belgilandi.

Uchinchi bosqich: Fact Checking

Uchinchi bosqichda — “Fact Checking” hakamlar hay’ati loyihalarni har tomonlama tekshirib, mahsulotning ishlash qobiliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, finalda ishtirok etgan eng yaxshi 15 ta jamoa (har bir yo‘nalishda 3 tadan) saralab olindi.

To‘rtinchi bosqich: Pitch Polish Session

“Pitch Polish Session” — finalchilar uchun maxsus trening sessiyasi tashkil etilgan bosqich. Ushbu butkemp jamoalarga taqdimot ko‘nikmalarini takomillashtirish, ekspertlardan qimmatli maslahatlar olish va yakuniy chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish imkonini berdi. 

Yakuniy bosqich — Grand-Final

Hal qiluvchi 7-dekabr kuni 15 nafar finalchi xalqaro hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini namoyish etib, yuqori sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi. G‘oliblar tantanali ravishda e’lon qilindi va taqdirlandi, yosh innovatorlarning mamlakat texnologik ekotizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi muhimligi ta’kidlandi. 

Grand final g‘oliblari:

“Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar” yo‘nalishi

1 o‘rin

TASS Vision

2 o‘rin

Speaklish

o‘rin

Cradle

Sun’iy intellekt sohasidagi noyob ishlanmalar uchun bosh mukofotga sazovor bo‘lgan “TASS Vision” startapi ushbu toifadagi yetakchiga aylandi. Ikkinchi o‘rinni “Speaklish” jamoasi, uchinchi o‘rinni esa “Cradle” innovatorlari egalladi.

“Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar” yo‘nalishi

1 o‘rin

Online Hamshira

2 o‘rin

Stepogram

3 o‘rin

BRAILLE RECOGNITION

Birinchi o‘rin raqamli yechimlari sog‘liqni saqlash sifatini yaxshilashga qaratilgan “Onlayn Hamshira” startapiga berildi. Ikkinchi o‘rinni “Stepogram” loyihasi, uchinchi o‘rinni esa ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlarga yordam berishga qaratilgan “BRAILLE RECOGNITION” loyihasi qo‘lga kiritdi.

“Kompyuter va mobil o‘yinlar” yo‘nalishi

1 o‘rin

Gale-Force Entertainment

2 o‘rin

Fazliddin Games

3 o‘rin

Grimoire Entertainment

Foydalanuvchilarni hayratga soluvchi o‘yin yaratgan “Gale-Force Entertainment” jamoasi ushbu toifadagi eng yaxshi ishtirokchiga aylandi. Ikkinchi o‘rinni “Fazliddin Games”, uchinchi o‘rinni “Grimoire Entertainment” jamoasi egalladi.

“Micro-SaaS va AdTech sohasida texnologik yechimlar” yo‘nalishi

1 o‘rin

OYGUL

2 o‘rin

StudentHunter

3 o‘rin

EduTizim

Mikroxizmatlar sohasida innovatsion yechim taqdim etgan “OYGUL” startapi birinchi o‘rin uchun mukofotga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni “StudentHunter” loyihasi, uchinchi o‘rinni esa “EduTizim” jamoasi egalladi. 

“Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishi

1 o‘rin

Jobster

2 o‘rin

Sug’urta Bozor

3 o‘rin

diip.uz

Mazkur toifa yetakchisi ishga yollash jarayonini optimallashtirish uchun samarali yechim taklif qilgan “Jobster” jamoasi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni “Sug‘urta Bozor” startapi, uchinchi o‘rinni esa “diip.uz” egalladi.

“President Tech Award” tanlovi nafaqat innovatsiyalar bayramiga aylandi, balki O‘zbekistondagi startaplarning yuqori darajadagi kompetensiyalarini ham namoyish etdi. G‘oliblar birinchi o‘rin uchun 100 000 AQSH dollari, ikkinchi o‘rin uchun 50 000 AQSH dollari va uchinchi o‘rin uchun 30 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlariga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, startap jamoalari xalqaro mentorlar va hakamlar hay’ati a’zolaridan qimmatli maslahatlar olishdi: venchur kapitali bo‘yicha direktorlar kengashi a’zosi Viktoriya Ernandes, “Courage Ventures” hamkori Meri Ellerant, “AMA International” (Appel Mergers and Acquisitions) direktori yordamchisi Pyotr Servin, “Plug and Play Vienna” eksperti Kristofer Polligkeyt, “Jume” kompaniyasining mahsulot bo‘yicha direktori Pavel Sikachev.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlarni yaratishda ishlab chiquvchilar, tadbirkorlar va IT-mutaxassislarni birlashtirgan hakaton maxsus yo‘nalishga aylandi. Tanlov 2024-yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tdi va bosh sovrin — 100 000 AQSH dollari uchun kurashgan 70 ta jamoani tashkil etgan 260 nafardan ziyod ishtirokchilarni jalb qildi.

“Lorem Ipsum” jamoasining “Focuscore Al” loyihasi hakaton g‘olibiga aylandi. Loyiha ko‘ngilochar kontentni ta’lim resursiga aylantirish platformasining prototipini ishlab chiqdi. U foydalanuvchilarning turli avlodlari tomonidan kontentni idrok etishdagi farqlarni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 35 ta tilni, jumladan, o‘zbek va xitoy tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Platforma to‘rtta davlatda — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy va Hindistonda taqdim etilgan.

2024-12-07