Qanday qilib oʻrnimizdan jilmay IT Park rezidentiga aylanishimiz mumkin?

Sarlavhadan anglaganingizdek, endilikda rezidentga aylanish har qachongidanda oson.

Bu qanday bajariladi?

Oʻrnimizdan jilmay IT Park rezidentiga aylanishimiz uchun, shunchaki it-market.uz saytiga kirishimiz va “Rezidentlik” boʻlimidagi “Ariza berish” tugmasiga bosishimiz kerak boʻladi. Agar siz platformada hali roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, unda ariza topshirish vaqtida sizdan buni amalga oshirishingizni avtomatik ravishda soʻraydi.

Bundan tashqari, IT kompaniyalari, shu jumladan IT Park rezidentlari ichki va tashqi rivojlanish uchun platformada oʻz kompaniyalari profayllarini chop etishlari, bu bilan esa yangi mijozlar va ishchi kuchi sifatida mutaxassislarni jalb qilishlari mumkin.

Rezidentlarning biznes rejalari faqat it-market.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Shunday qilib, platformada roʻyxatdan oʻtish hamkorligimizning muhim qismi hisoblanadi.

Shuningdek, boʻlgʻusida veb portal yordamida Direksiya bilan toʻliq hujjat almashinuvini amalga oshirishingiz, har choraklik hisobotlar, auditorlik xulosalari, muvofiqlashtirish uchun oʻquv kurslari roʻyxatlarini yuborishingiz mumkin boʻladi.

Portalga havolahttp://it-market.uz

 

 

2021-01-19