IT Park universitetlarga kira olmagan abituriyentlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Butun mamlakat bo‘ylab IT markazlar talabdagi IT sohalarga umumiy davomiyligi 1 oydan 9 oygacha bo‘lgan kurslarni taklif qiladilar, ularni tamomlagandan so‘ng yosh mutaxassislarga IT Park’dan sertifikatlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda respublika bo‘ylab 151ta IT markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda va shu yilning oxiriga qadar yana 54ta markaz ochilishi rejalashtirilgan.
IT markazlar sizga eng arzon narxlarda quyidagi kurslarni taklif qiladi:
- kompyuter savodxonligi - 100000 so‘mdan;
- grafik dizayn - 220 000 so‘mdan;
- Frontend dasturlash - 220 000 so‘mdan;
- Backend dasturlash - 320 000 so‘mdan;
- Kibersport: CS: GO, Dota 2, FIFA 20 - 200 000 so‘mdan;
- Arduino va LEGO Mindstorms asosidagi mobil robototexnika - 220 000 so‘mdan.
IT markazlarida o‘qishning asosiy afzalliklari nimada?
- IT markazlar hatto mamlakatning eng chekka hududlarida ham mavjud;
- o‘qitish o‘zbek tilida olib boriladi;
- boshqa markazlarga nisbatan o‘qish narxlari past;
- kurslarni tugatgandan so‘ng, bitiruvchilarga IT Park sertifikatlari taqdim etiladi;
- amaliyot o‘tash va ishga joylashishda yordam ko‘rsatiladi;
- bitiruvchilarga uskunalar uchun imtiyozli kreditlar mavjud.
Ta’kidlash joizki, 43800 dan ortiq kishi IT markazlarida o‘qishni tugatgan, ularning ko‘plari muvaffaqiyatli ish topib, martaba pog‘onasida yuqoriga ko‘tarilishmoqda. Hatto boshlang‘ich etapda ham pul topishingiz va OTM diplomingiz bo‘lishidan qat’i nazar tajriba orttirishingiz mumkin!
Har bir bino zamonaviy standartlarga muvofiq, yuqori tezlikdagi Internetga ulanish va kompyuterlar bilan jihozlangan. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarning talabdagi IT mutaxassisi bo‘lish yo‘lida yangi kasbni muvaffaqiyatli egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
IT markazlarning lokatsiya va kontaktlari haqida qo‘shimcha ma’lumotni havola orqali topishingiz mumkin: https://clck.ru/XR8VC
2021-09-09