Qashqadaryo OTMlarida yoshlar uchun inkubatsiya dasturi joriy qilindi!

IT Park 2-fevraldan boshlab Qashqadaryo faol yoshlari uchun inkubatsiya dasturida qatnashish uchun arizalar qabuli boshlanishini e’lon qiladi.

Inkubatsiya dasturi —bu g‘oyaga ega bo‘lgan, lekin na biznes rejasi, na uni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmagan ishqibozlar uchun mo‘ljallangan dastur. Dastur o‘quv dasturlari va muvaffaqiyatli loyihalar uchun mutaxassis va tadbirkorlarning tavsiyalari orqali startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Dasturning afzalliklari:

- startap-loyihani to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha treninglar;

- netvorking;

- mentor maslahati;

- loyihangizga investisiyalar jalb qilish imkoniyati;

- shuningdek: jismoniy infratuzilma (OTMlar qoshidagi inkubatsiya markazi), professional mentorlar, yuridik maslahatlar, buxgalteriya yordami, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan netvorking va boshqa bonuslar.

Dastur doirasida ta’lim jarayoni Qashqadaryo viloyatining 6 ta OTMning inkubatsiya markazlarida amalga oshiriladi. Ular quyidagilardan iborat:

1) Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali;

2) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

3) Qarshi davlat universiteti;

4) Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali;

5) Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali;

6) Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.

O‘qish 1,5 oy davom etadi. O‘qish yakunlangandan so‘ng, ishtirokchilar Pitch Day va Demo Day’da o‘zlarining tayyor mahsulotlarini investorlarga namoyish etadilar.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

1) Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - https://forms.gle/17asP5hHyMU3iUmLA

2) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti - https://forms.gle/QzH96gNLe1kVaxgz6

3) Qarshi davlat universiteti;

- https://forms.gle/4rCm1SMRzK9YnipX6

4) Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti - https://forms.gle/bh3Wjs3bSwYd1GKY7

5) Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali - https://forms.gle/TxaN7B9Xmd3iAASX6
 

6) Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali - https://forms.gle/wfChuB38N9RUX4y48

Arizalar qabulining oxirgi muddati: 2021-yil 17-fevral.

Nafaqat talabalar, balki barcha xohlovchilar ariza topshirishlari mumkin.

2021-02-02