5-fevral kuni IT Parkʼning Buxoro filialida AKT Vazirining granti uchun tanlov g‘oliblari Shahnoza va Nargiza Barakayevalarga mamlakatimizdagi istalgan IT-Markazda IT-mutaxassisliklari bo‘yicha bepul o‘qish sertifikatlari topshirildi.
8-fevral kuni esa IT Parkʼning Qashqadaryodagi mintaqaviy filialida tanlovning 10 nafar g‘olibi ro‘yxatidan ham joy olgan Malohat Bobozaripova taqdirlandi.
Ular bilan birgalikda, 7 ta eng yaxshi hikoyalar mualliflari IT-Markazlarida oʻqish uchun grant egalari boʻlib, kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagach, mamlakatning IT-kompaniyalarida ishga joylashishlari va noutbuk bilan taʼminlanishlari mumkin.
G‘oliblar ro‘yxati:
1. Nargiza Arziyeva – Toshkent shahri;
2. Kamron Kamolov — Toshkent shahri;
3. Ravshanbek Isakov — Toshkent shahri;
4. Samandar Safarov – Toshkent viloyati;
5. Ogabek Hidoyatov – Toshkent viloyati;
6. Abubakir Yunusaliyev – Farg‘ona viloyati;
7. Malohat Bobozaripova – Qashqadaryo viloyati;
8. Shaxnoza Barakayeva – Buxoro viloyati;
9. Nargiza Barakayeva – Buxoro viloyati;
10. Ziyovuddin Nomozov — Samarqand viloyati.
Eslatib o‘tamiz, tanlov ishtirokchilari o‘z hayotlari haqida hikoya yozib, unda nima uchun IT-mutaxassis bo‘lishni xohlashlari va bu ularning hayotlarini qanday yaxshilashini aytib berishlari kerak edilar.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov tomonidan 2021-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar forumi-2021” doirasida e’lon qilingan edi.
2022-02-16